00:13 / 22.06.2024
454

Sanksiyalarga qaramay Alisher Usmonovning 4 mln dollarlik yaxtasi Rossiyaga olib kelindi

Sanksiyalarga qaramay Alisher Usmonovning 4 mln dollarlik yaxtasi Rossiyaga olib kelindi
Foto: The Insider
USM xolding asoschisi, milliarder Alisher Usmonovning qariyb 4 million dollarlik “Zoe” yaxtasi Rossiyaga qarindoshlari uchun olib ketilgan, deb The Insider xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Britaniyada ishlab chiqarilgan Sunseeker Predator kemasi Turkiya orqali Sochiga yetib kelgan. Bojxona hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, bu fevral oyining oxirida sodir bo‘lgan.

Yaxtani oluvchi Aves Trade kompaniyasi bo‘lgan. Uning asoschisi Oleg Garay. U, shuningdek, Usmonovning o‘gay o‘g‘li Anton (Natan) Vinerga tegishli “Gradproyekt” va “Rodina Stroy Grup” kompaniyalarining bosh direktori bo‘lib ishlaydi.

"Kema Usmonovning sobiq rafiqasi Irina Viner uchun olib kelingan", — deyiladi xabarda.

“Zoe”ning xarakteristikalari va ishlab chiqarilgan yili Usmonovga qarshi sanksiyalar tufayli hibsga olingan hamda Xorvatiya portidan o‘g‘irlangan Irina VU yaxtasi haqidagi ma’lumotlarga to‘g‘ri kelgan.

Usmonov AQSH, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaning qora ro‘yxatiga kiritilgan. Milliarderga nisbatan cheklovlar Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan so‘ng kiritilgan. Yevropa sanksiyalari doirasida Germaniya rasmiylari uning singlisi Gulbahor Ismoilovaning taxminan 600 million dollarlik “Dilbar” yaxtasini musodara qilgan edi.

Alisher Usmonov 13,4 milliard dollar boyligi bilan Rossiyaning eng badavlat kishilari o‘ntaligiga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sanksiyalarga qaramay Alisher Usmonovning 4 mln dollarlik yaxtasi Rossiyaga olib kelindi