00:21 / 16.07.2024
60

Isroil maslahatchisi: “HAMAS G‘azo kelishuv rejasiga 29 ta o‘zgartirish kiritishga urindi”

Isroil maslahatchisi: “HAMAS G‘azo kelishuv rejasiga 29 ta o‘zgartirish kiritishga urindi”
Foto: AP
Falastinning HAMAS harakati G‘azodagi vaziyatni tartibga solish uchun AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan qo‘llab-quvvatlangan kelishuv rejasiga 29 ta o‘zgartirish kiritishni so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ularning barchasini rad etgan.

"HAMAS Bayden taqdim etgan rejaga 29 ta o‘zgartirish kiritishga urindi, Netanyaxu bu o‘zgarishlarni rad etdi", dedi Isroil hukumati idorasining maslahatchisi Dmitriy Gendelman.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “Isroil Bayden tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rejadan bir millimetr ham chetga chiqmagan”. Jumladan, Isroil tomoni birorta shartni qo‘shmagan yoki olib tashlamagan. Isroil ham HAMASdan rejadagi o‘zgarishlarga ruxsat bermasligini ta’kidlagan.

"Keyingi qadamni HAMAS qo‘yishi, AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan kelishuv shartlarini qabul qilishi kerak", deydi Gendelman.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden G‘azoda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha uch bosqichdan iborat yangi kelishuv loyihasi shartlarini e’lon qilgan edi. Birinchisi olti haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish, isroillik qo‘shinlarini aholi punktlaridan olib chiqib ketish, Isroil qamoqlaridan yuzlab falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod etishni nazarda tutadi.

Bu davrda tomonlar muzokaralarni boshlashi kerak va o‘zaro kelishuvga erishilgunga qadar sulh o‘z kuchida qoladi. Ikkinchi bosqich barcha garovga olinganlarni, jumladan, harbiy xizmatchilarni ham ozod qilishni nazarda tutadi. Uchinchi bosqich — G‘azoni tiklash va halok bo‘lgan isroilliklarning qoldiqlarini yaqinlariga topshirishni o‘z ichiga oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil maslahatchisi: “HAMAS G‘azo kelishuv rejasiga 29 ta o‘zgartirish kiritishga urindi”