204
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimovning sobiq kuyovi qidiruvga berildi
Foto: “Kursiv”
Qozog‘iston hukumati Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) sobiq rahbari Karim Masimovning sobiq kuyovi, tadbirkor Azamat Kapenovni qidiruvga berdi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Azamat Kapenov Rossiya fuqarosi bo‘lib, 1978 yilda Prjevalskda (Qirg‘iziston) tug‘ilgan. U Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 3-bandi 4-qismi 190-moddasida nazarda tutilgan og‘ir jinoyatni (firibgarlik) sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Unga nisbatan qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Kapenovning qayerdaligi haqidagi ma’lumot uchun mukofot va’da qilingan. Kapenov avvalroq “Federal yuk kompaniyasi” AJning MDH va qo‘shni davlatlar hududida biznesni rivojlantirish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Qozog‘iston OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u Karim Masimovning katta qiziga uylangan.
Masimov ishi
2023 yilning aprel oyida Ostona sudi Karim Masimovni davlatga xiyonat, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga urinish, hokimiyat va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblab, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Uning o‘rinbosarlari Anuar Sadiqulov, Daulet Ergojin va Marat Osipov ham qamoq jazosiga hukm qilingan. Masimovga nisbatan ochilgan jinoiy ish “o‘ta maxfiy” toifaga kiritilgan. U Qozog‘istondagi yanvar voqealarining asosiy tashkilotchisi sifatida ko‘rilmoqda. O‘shanda 238 kishi vafot etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda