Qozogʻiston prezidenti: Rossiyani harbiy jihatdan yengib boʻlmaydi

Foto: akorda.kz
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqaev Rossiya harbiy jihatdan yengilmas ekanligini yana bir bor ta'kidladi, deb xabar berdi Oqoʻrda.
«Germaniya kantsleri Sholts bilan muzokaralar chogʻida aytganimdek, Rossiya — harbiy jihatdan yengilmas. Bu Rossiyaning harbiy salohiyati, mamlakat aholisining prezident Putin siyosatini qoʻllab-quvvatlashi va tarix tomonidan tasdiqlangan haqiqatdir. Shuning uchun biz tinch yoʻl bilan hal etish variantlarini izlash va barcha davlatlarning, jumladan, Xitoy va Braziliyaning real rejalarini qoʻllab-quvvatlashni zarur deb hisoblaymiz. Boshqa yoʻl yoʻq», dedi u Astana Think Tank Forum majlisida.
Agar bunga erishilmasa, «urush oʻzaro qirgʻinbarotga aylanadi».
«Balki ba'zi dunyo kuchlari bundan manfaatdordir, ammo bu tubanlikka olib boradigan yoʻl. Konstruktiv muzokaralar orqali tinchlikka intilish zaiflik belgisi emas, balki strategik ehtiyotkorlikning namoyonidir», dedi Toʻqaev.
Toʻqaev sentyabr oyida Germaniya kantsleri Olaf Sholtsning Ostonaga tashrifi chogʻida ham Rossiyaning harbiy jihatdan yengilmasligini aytgan edi.

Izohlar 0
…