16:00 / 18.12.2024
198

Nima uchun Jeki Chan, Sting va Sukerberg kabi mashhurlar farzandlarini merosdan mahrum qilgan?

Nima uchun Jeki Chan, Sting va Sukerberg kabi mashhurlar farzandlarini merosdan mahrum qilgan?
Aksariyat mashhurlar muvaffaqiyatga qiyinchilik bilan erishgani uchun farzandlarini ham shu tarzda tarbiya qilishni istaydi. Ular millionlab pulini xayriya ishlariga sarflaydi va kelajakda biror kor-hol ro‘y berib, ular olamdan o‘tsa, pullarining asosiy qismini faqat yordam fondlariga o‘tishini avvaldan vasiyat qiladi. Bunday qaltis qarorga kelgan va bolalariga hech qanday meros qoldirishni istamagan bo‘lishiga qaramay, ular farzandlarini yangi ishni boshlashida qo‘llab quvvatlashga doim tayyor bo‘lishadi.

Sting — olti farzandning otasi

Foto: The Voice
U nafaqat taniqli qo‘shiqchi, balki dunyodagi eng badavlat odamlardan biri. Shunga qaramay, Sting farzandlariga ko‘p pul qoldirmasligini aytadi. Ammo bunga sabab ba’zi prinsiplar emas, balki katta xarajatlardir. Musiqachining so‘zlariga ko‘ra, uning “katta moliyaviy majburiyatlari” bor, shuning uchun u topgan deyarli hamma daromadini darhol sarflab yuboradi. Sting har bir inson bolalikdan mehnatga o‘rganishi va kelajakda o‘zlari mustaqil tarzda biror ishni kerakligini tushunadi. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, uning bolalari otasidan kamdan kam hollarda biror nima so‘raydi va buning uchun Sting ularni qattiq hurmat qiladi.

Jeki Chan — bir o‘g‘il va bir qizning otasi

Foto: The Voice
Hayoti davomida aktyor, kaskadyor, prodyuser, jang san’ati ustasi Jeki Chan katta sarmoya to‘plagan, biroq u barcha pullarini xayriya tashkilotlariga qoldirishga qaror qilgan. Ha, ekranlarda eng yaxshi aktyorlardan biri bo‘lishiga qaramay, Jeki Chan oila boshlig‘i va ota sifatida butunlay boshqacha taassurot uyg‘otadi.

Aktyor bunday yo‘l orqali o‘g‘lini mustaqil hayotga va o‘z kuchi bilan pul topishga harakat qilishga o‘rgatadi. G‘amxo‘r ota o‘g‘lining qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi, o‘zini va oilasini boqishi uchun o‘z ustida ishlashini istaydi.

Darhaqiqat, kino yulduzining nikohsiz tug‘ilgan qizi ham bor, lekin Jeki Chan uning tarbiyasida ishtirok etmaydi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlamaydi.

Deniyel Kreyg — ikki qizning otasi

Foto: The Voice
Deniyel Kreyg Britaniyaning eng ko‘p maosh oladigan aktyorlaridan biri hisoblanadi. Hozirda Jeyms Bond filmlari yulduzining boyligi 160 millionga baholangan, ammo Kreyg o‘z farzandlariga meros qoldirmaslikka qaror qilgan.

Aktyor Candis jurnaliga bergan intervyusida bolalariga ko‘p pul qoldirmoqchi emasligini aytib o‘tgan. “Mening falsafam — puldan qutulish yoki ketishidan oldin ishlatishdan iborat”, deb aytgan.

Qiziqarlisi, aynan Jeyms Bond haqidagi barcha filmlardan olgan gonorar miqdori Kreygning keyingi bir necha avlodlari ta’minotiga yetishi mumkin bo‘lgan. Aktyorning Fiona Laudondan Ella ismli qizi va Reychel Vaysdan yosh farzandi (ismi jurnalistlarga noma’lum) bor.

Mark Sukerberg — uch qizning otasi

Foto: The Voice
Dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq asoschisi, mashhur va muvaffaqiyatli dasturchi, milliarder Mark Sukerberg uch qizning otasi. Ular hali ham kichkina — kattasi 6, o‘rtanchasi 4, kichigi 2023 yilning mart oyida tug‘ilgan. Ammo ota-ona allaqachon kompaniyaning daromadlari asosini tashkil etuvchi 99 foiz aksiyalarni xayriya ishlariga berishga qat’iy qaror qilgan — 45 milliard dollarlik aksiyalar butun dunyo bo‘ylab bolalarga rivojlanish uchun teng sharoit yaratish bilan shug‘ullanadigan fondga beriladi.

Gordon Ramzi — besh nafar bolaning otasi

Foto: The Voice
Mashhur bosh oshpaz va shoumen Gordonning 200 million dollari bo‘lishiga qaramay, besh nafar farzandi ushbu pullarga egalik qilolmaydi. U bor-budini inson va hayvonlar hayotini saqlab qoladigan xayriya fondlariga qoldirishni rejalashtirgan. Farzandlari esa otasi singari o‘zi ishlab pul topishi va hammasini noldan boshlab, mustaqil karyera qilishiga to‘g‘ri keladi.

Bu qarorni Gordonnig rafiqasi ham qo‘llab-quvvatlaydi. Juftlik bolalariga moliyaviy jihatdan qattiqqo‘l bo‘lishga harakat qiladi. Masalan, sayohat vaqtida o‘zlari birinchi toifada uchsa, farzandlari ulardan farqli ravishda ekonom toifada uchadi.

Mila Kunis va Eshton Kutcher

Foto: The Voice
Eshton Kutcher rafiqasi Mila Kunis singari, meros va katta pul bolalarni yuqori martaba va yangi cho‘qqilarni zabt etishga bo‘lgan harakat va motivatsiyani so‘ndiradi. Ular barcha pullarini xayriya ishlariga sarflashga avvaldan qaror qilgan. Kutcherning fikricha, uning farzandlari shundoq ham yaxshiroq va boshqalarga qaraganda imtiyozli hayot kechirmoqda:

Agar bolalarim biznes qilishni xohlasa va agar ular yaxshi biznes-reja tuzsa, bunga sarmoya kiritamiz, lekin ular meros olmaydi. Umid qilamanki, bu harakatimiz ular uchun ekanligini tushunishadi. Farzandlarim agar mehnat qilinsa, hamma narsaga erishsa bo‘ladigan imtiyozli hayotda yashashmoqda, ular buni bilishmaydi ham”, — deydi Kutcher.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nima uchun Jeki Chan, Sting va Sukerberg kabi mashhurlar farzandlarini merosdan mahrum qilgan?