Foto: AFP/Getty Images
Ukrainalik yuqori martabali amaldor anonim qolish sharti bilan The Washington Post gazetasiga Ukraina hukumati urushni 2025 yilda yakunlanishi mumkinligiga «ishonishni boshlaganini» ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ukraina hukumati Donald Tramp AQSH prezidenti etib saylanganidan keyin tinchlik muzokaralari haqida gaplar faollashgani fonida shunday o‘ylashni boshlagan.
WP manbasi tinchlik muzokaralari bo‘yicha ommaviy gap-so‘zlar bo‘lmaganida «bunga ishonmagan bo‘lishini» ta’kidlagan. «Men Putin bilan biror kelishuvga erishish mumkin deb o‘ylamayman», — deydi amaldor.
The Washington Post'ning qayd etishicha, so‘nggi haftada Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorligini namoyish etmoqda». Gazeta Zelenskiyning Ukraina egallab olingan barcha hududlar, jumladan, Qrimni ham qaytarib olmaguncha jang qilishi haqidagi ritorikasida «jiddiy o‘zgarish» bo‘lganini ma’lum qilmoqda.
Zelenskiyning gaplarini Ukraina va G‘arb rasmiylari ham payqagan. «Aftidan, buni front chizig‘ida vaziyat yomonlashgani va AQSHda hokimiyat tepasiga kelajakda xavfsizlik sohasida Kiyevga ko‘rsatiladigan yordamlarni shubha ostiga qo‘ygan administratsiya kelgani bilan tushuntirish mumkin», — deb yozadi gazeta.
The Washington Post manbalari Rossiya qo‘shinlari front chizig‘ida muvaffaqiyatga erishmaguncha Vladimir Putin muzokaralarga tayyor bo‘lishiga shubha bildirmoqda.
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 19 dekabr kuni Amerikaning MSNBC telekanaliga bergan intervyusida ukrainaliklar «jangni davom ettirish yoki muzokaralar olib borish va o‘t ochishni to‘xtatishga urinish bo‘yicha fundamental qaror qabul qilishi kerak», degandi. Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning amaldagi rahbariyati Kiyev va AQSH keyingi ma’muriyatini 2025 yilda Kreml bilan potensial tinchlik muzokaralarini boshlash uchun eng yaxshi holatga keltirishni maqsad qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Germaniyada mashinada odamlarni bosib ketgan erkak bunga izoh berdi
Bojxona postidan chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Yetti ming yillik g‘alati haykalcha topildi
Marjona Abdumutalova Osiyo chempionati oltin medaliga sazovor bo‘ldi