Foto: Unsplash.com
Amerika politsiyasi Los-Anjelesda yirik yongʻin uyushtirganlikda gumonlanayotgan shaxsni qoʻlga oldi. Bu haqda NewsNation nashri shahar politsiya zobiti Shon Dinsga tayanib xabar bermoqda.
Los-Anjeles okrugi prokurori Natan Xoxmanning aytishicha, gumonlanuvchiga qotillik bilan teng keladigan jazo va umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
“Odil sudlov tez va shafqatsiz boʻladi, eng ogʻir jazo qoʻllaniladi”, deya ta'kidladi u.
Kaliforniya shtatidagi yongʻinlar 7 yanvardan beri davom etmoqda. Los-Anjelesda favqulodda holat e'lon qilindi. 100 000 dan ortiq aholi evakuatsiya qilish toʻgʻrisidagi farmoyishni oldi. 10 yanvar holatiga koʻra, ofat tufayli 10 nafar odam halok boʻlgan.
Favqulodda vaziyat tufayli, shuningdek, shaharda talonchilik avj oldi. NewsNation xabar berishicha, kamida 20 kishi talonchilikda ayblanib qamoqqa olingan. Yongʻin tarqalgan hududlarda tartibni saqlash uchun AQSh Milliy gvardiyasining 400 nafar askari jalb etilgan.
Mashhurlar istiqomat qiladigan Tinch okeani sohilidagi hududda evakuatsiya e'lon qilindi. NBC News ma'lumotlariga koʻra, bu hududda AQSh vitse-prezidenti Kamala Harrisning qarorgohi ham joylashgan. Shuningdek, aktyorlar Jon Gudman, Yudjin Levi va Billi Kristallning uylari ham shu erda yonib ketgan. Yongʻin, bundan tashqari, amerikalik qoʻshiqchi va aktrisa Paris Hiltonning Malibudagi uyini ham vayron qilgan.
Financial Times Amerikaning JPMorgan banki tahlilchilarining dastlabki hisob-kitoblariga tayanib, sugʻurta kompaniyalarining yongʻin tufayli yoʻqotishlari 20 milliard dollarga, umumiy zarar esa 50 milliard dollarga etishi mumkinligini yozgan.
Bayden yongʻinlar tufayli soʻnggi xorijiy safarini bekor qildi
Kaliforniya janubidagi keng koʻlamli oʻrmon yongʻinlari sababli AQSh prezidenti Jo Bayden vakolat muddati tugashidan oldingi soʻnggi xorijiy safarini bekor qildi.
Foto: Getty Images
Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Perning xabar berishicha, Bayden Los-Anjelesdan qaytgach, u erda politsiya, oʻt oʻchiruvchilar va qutqaruvchilar bilan uchrashgan, shundan soʻng Italiyaga joʻnashidan bir necha soat oldin safarga chiqishdan voz kechgan.
AQShdagi yongʻinlarning sun'iy yoʻldoshdan olingan surati
Foto: deposit
Bayden, shuningdek, yongʻinga qarshi federal chora-tadbirlarni boshqarishga e'tiborini qaratmoqchi ekanligini ta'kidlab, keyinroq qoʻshimcha ma'lumot berishini va'da qilgan.
Italiya va Vatikanga tashrif joriy yilning 9—12 yanvar kunlari boʻlib oʻtishi moʻljallangan edi. Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, prezident Serjio Mattarella va Rim papasi Frantsisk bilan uchrashuvlar rejalashtirilgandi. AP agentligining ta'kidlashicha, ushbu safar ramziy ahamiyat kasb etishi va ikkinchi katolik prezidentining faoliyatini yakunlashi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?