23:08 / 15.01.2025
113

Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi

Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Los-Anjelesdagi kuchli yongʻin tufayli Parij Xiltonning uyi yonib ketdi. Manba: 1MI
Janubiy Kaliforniyaning millionlab aholisi yongʻin xavfi yuqori boʻlgan ob-havoning navbatdagi toʻlqini bashoratidan va ikkita halokatli yongʻin oqibatida kamida 25 kishi halok boʻlib, minglab uylar vayron boʻlgan hududda e'lon qilingan oʻta xavfli vaziyat haqidagi ogohlantirish tufayli tashvishli kutish holatida turibdi.

Ma'lum boʻlishicha, 14 yanvar kuni shamolning kutilmaganda pasayishi oʻt oʻchiruvchilarga vaqtinchalik yengillik bergan. Bu ularga Los-Anjelesdagi ikkita yirik yongʻinni oʻchirishda muvaffaqiyatga erishish va bir nechta yangi yongʻin oʻchoqlarini tezda bartaraf etish imkonini yaratdi.

Milliy ob-havo xizmati yuqori harorat, past namlik va kuchli shamol birga kelganda e'lon qilinadigan oʻta xavfli vaziyat haqida ogohlantirish e'lon qildi. Ogohlantirish kechasi soat 3 dan kunduzi soat 3 gacha amal qiladi, u Markaziy qirgʻoqdan Meksika bilan chegaragacha boʻlgan 440 kilometrga yaqin hududni qamrab oladi. Alohida xavfli hududlarga Los-Anjeles va Ventura okruglarining bir qismi kiradi.

Asosiy xabar shuki, xavf hali oʻtgani yoʻq. Bugun shamol pasaydi, ammo ertaga u yana kuchayishi mumkin”, deyiladi ob-havo xizmati xabarida.

Kaliforniyada oʻrmon yongʻinlari 7 yanvardan buyon davom etmoqda. Falokat Los-Anjeles hududlarini, jumladan, Pasifik-Paliseyds, Altadena va Malibu shaharlarini qamrab oldi. Keyinchalik yongʻin Iton, Xerst va boshqa hududlarga ham tarqaldi.

Foto: AP Photo
Yongʻinlar jami 40 ming akrdan ortiq (16 ming gektardan ortiq) maydonni qamrab olgan. CBS ma'lumotlariga koʻra, oʻrmon yongʻinlari tufayli 100 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom bu yongʻinlar zarar koʻlami boʻyicha AQSh tarixidagi eng yomon tabiiy ofat boʻlishini aytdi.

Foto: AP Photo
JPMorgan banki tahlilchilarining dastlabki hisob-kitoblariga tayanib, sugʻurta kompaniyalarining yongʻin tufayli yoʻqotishlari 20 milliard dollarga, umumiy zarar esa 50 milliard dollarga etishi mumkin. Amerika politsiyasi Los-Anjelesda yirik yongʻin uyushtirganlikda gumonlanayotgan shaxsni qoʻlga olgan. Gumonlanuvchiga qotillik bilan teng keladigan jazo va umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo