06:27 / 26.01.2025
412

Germaniyalik muhandis suv ostida 120 kun yashadi

Germaniyalik muhandis suv ostida 120 kun yashadi
Germaniyalik muhandis Ryudiger Kox Panama sohillaridagi maxsus kapsulada 120 kun yashab, suv ostida eng uzoq qolgan inson sifatida yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar beradi The Guardian.

Qayd etilishicha, erkak yashagan 30 kvadrat metrli kapsula 11 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, barcha zamonaviy qulayliklar bilan jihozlangan. U yerda karavot, hojatxona, televizor, kompyuter, internet va hatto trenajyor mavjud edi.

Kapsula uchun elektr energiyasi quyosh panellari yordamida ishlab chiqarilgan, shuningdek, zaxira generatori ham mavjud edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Koxning kapsulasi oziq-ovqat yetkazib turuvchi suvosti xonasi bilan bog‘langan. Tashrif buyuruvchilar, jumladan, shifokorlar ham ushbu xonandan foydalangan.

Kox suv ostida 100 kun yashagan amerikalik Jozef Diturining rekordini yangiladi. Yangi rekord Ginnesning rekordlar kitobi vakillari tomonidan darhol tasdiqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kox — Jyul Vernning «Suv ostida 80 ming kilometr» romanidan kapitan Nemoning muxlisi. U suv ostida ham kitobni qo‘lidan qo‘ymagan. Rekordchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tajriba orqali muhandis insonlarning suv ostida yashash imkoniyatlarini isbotlashni maqsad qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo