23:24 / 13.02.2025
38

Kreml urushni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar haqida: «Asosiy tomon — AQSh»

Kreml urushni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar haqida: «Asosiy tomon — AQSh»
Dmitriy Peskov / Foto: kremlin.ru
Kreml Qoʻshma Shtatlarni Ukraina bilan tinchlik muzokaralarida asosiy «tomon» deb biladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

«U yoki bu tarzda, albatta, Ukraina ham muzokaralarda ishtirok etadi. Albatta, bu muloqotda ikkitomonlama Rossiya-Amerika muzokaralari ham boʻladi va albatta Ukraina jalb qilingan muzokaralar ham boʻladi», dedi Kreml vakili.

«Biz, albatta, bu jarayondagi asosiy tomon Vashington ekanini tushunamiz», deb qoʻshimcha qildi u.

Peskov soʻzlariga koʻra, Rossiya va AQSh prezidentlari telefon orqali muloqot chogʻida Evropaning tinchlik muzokaralarida ishtirok etishi mumkinligini muhokama qilmagan.

«Kechagi suhbatda bu muhokama qilinmadi va Evropa mavzusi koʻtarilmadi. Toʻgʻrirogʻi, bunda yevropaliklarning oʻzi qandaydir tarzda oʻrin egallashi uchun Vashington bilan gaplashishi kerak boʻladi», dedi u.

Peskovning ta'kidlashicha, endi Moskva va Vashington oʻrtasida «ishchi aloqalarni rivojlantirish» uchun muhlat berish kerak, bunda Rossiya va AQSh prezidentlarining boʻlajak uchrashuvi «kun tartibi» muhokama qilinadi.

Peskov Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni poytaxti) Putin va Tramp oʻrtasidagi uchrashuv joyi sifatida tilga olinganini va buning uchun «mos» ekanini, biroq hozircha «bu masala boʻyicha hech qanday qaror qabul qilinmaganini» eslatdi.

12 fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Putin bilan suhbatdan soʻng u Ukraina boʻyicha muzokaralarni zudlik bilan boshlashga rozi boʻlganini ma'lum qildi. Kreml Putinning Tramp bilan suhbatini «juda konstruktiv, ishchan va samimiy» deb baholadi. Tramp uning Putin bilan boʻlajak uchrashuvi Saudiya Arabistonida boʻlishi mumkinligini aytdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo