
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qildi. Suhbat Putin Sochidagi «Sirius» ta’lim majmuasi binosiga tashrif buyurgan vaqtda bo‘lib o‘tdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, u Trampga Rossiya Ukrainaga «bo‘lajak tinchlik sulhining memorandum» ustida birgalikda ishlash taklifini berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Rossiya prezidenti, shuningdek, Istanbulda Ukraina bilan tinchlik muzokaralarining tiklanishi tomonlar «to‘g‘ri yo‘lda ekani»dan dalolat berishini qo‘shimcha qilgan.
«Suhbat ochiq va mazmunli bo‘ldi. Fikrimcha, juda foydali bo‘ldi. Men Donald Trampga bevosita muzokaralarni qayta tiklashni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdim. U sulh masalasidagi o‘z pozitsiyasini bayon qildi. Men Rossiya tinch yo‘l bilan mojaroni hal etish tarafdori ekanini ta’kidladim. Biz tinchlik sari eng samarali yo‘llarni aniqlab olishimiz kerak.
Biz RF kelajakdagi bitim memorandumi — uning prinsiplari, muddati va hokazolar, shu jumladan, muayyan kelishuvlarga erishilgan taqdirda, ma’lum muddatga o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyati bo‘yicha Ukraina tomoni bilan ishlashga tayyorligiga kelishib oldik. Istanbuldagi uchrashuv ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqalar tiklandi…
Men suhbatni yuqori baholayman. Asosiy masala — har ikki tomon tinchlikka intilishda maksimal darajada harakat qilishi va barcha tomonlarni qoniqtiradigan murosalarni topishidir. Umuman olganda, Rossiyaning pozitsiyasi aniq: biz uchun eng muhimi — inqiroz sabablarini bartaraf etishdir», — dedi Putin muloqotdan keyin.
Rossiya PrezidentiAQSH PrezidentiTelefon MuloqotiTinchlik MuzokaralariUchrashuv IshtirokchilariSuhbat OchiqTinch Yo‘lMohiyatni Hal EtishYangi Bitim O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar