date
views 2 181

Xavfli sovg‘a: shirinlik ichidagi margimush 17 yoshli qiz hayotiga zomin bo‘ldi

Xavfli sovg‘a: shirinlik ichidagi margimush 17 yoshli qiz hayotiga zomin bo‘ldi
Braziliyada yuraklar ezuvchi voqea sodir bo‘ldi. 17 yoshli Ana Luiza de Oliveyra Neves noma’lum shaxs yuborgan desertni yeyishi ortidan zaharlanib, hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda CNN Brasil telekanali xabar berdi.

Hodisa shunday rivojlangan: qizning xonasiga kurer orqali shirinlik yetkazib beriladi. Ustidagi qog‘ozda: “Men uchratgan eng chiroyli qiz uchun shirinlik” degan romantik yozuv bo‘lgan. Sovg‘ani kim yuborgani haqida ma’lumot bo‘lmagan. Ana Luiza shirinlik bilan suratga tushib, uni ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishgan — aslida u hayotidagi so‘nggi tasvirni joylashtirayotganini bilmagan.

Qiz shirinlikni yegandan taxminan bir soat o‘tgach, ahvoli keskin yomonlashgan. Ota-onasi uni shifoxonaga olib borgan. Tibbiyot xodimlari “zaharlanish” tashxisini qo‘yib, uni uyiga jo‘natishgan. Ammo ertasi kuni qizning ahvoli yanada og‘irlashgan va u shifoxonaga yo‘lda ketish chog‘ida vafot etgan.

Politsiya tomonidan olib borilgan tergov jarayonida haqiqat ochiqqa chiqdi: shirinlikni yuborgan inson noma’lum muxlis emas, balki qurbonning yaqin dugonasi ekanligi ma’lum bo‘ldi. U o‘z aybini tan oldi — qizning go‘zalligi va ommabopligiga hasad qilib, shirinlikka margimush qo‘shganini aytdi.

Ayblanuvchi avval ham shubhali holatlarda ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi. U ikki yigitini yo‘qotgan tanishining ham hayotiga tajovuz qilgan — baxtga qarshi o‘shanda qurbon omon qolgan.

Hozirda gumonlanuvchi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan maxsus muassasada saqlanmoqda. Jinoyat ishi yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xavfli sovg‘a: shirinlik ichidagi margimush 17 yoshli qiz hayotiga zomin bo‘ldi