
G‘azo sektorida isroilliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Gaza Humanitarian Foundation (GHF) yordam markazlari yaqinida Isroil harbiylari yana o‘q uzdi. Mahalliy guvohlar va sog‘liqni saqlash xodimlarining xabar berishicha, shanba kuni ro‘y bergan hodisalarda kamida 10 nafar falastinlik halok bo‘lgan.
Ushbu hodisa AQSh rasmiylari GHF markaziga tashrif buyurib, tizimni "ajoyib yutuq" deb ataganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi. GHF AQSh ko‘magida may oyida ishga tushirilgan bo‘lib, Isroil tomonidan BMT o‘rniga tanlangan muqobil yordam tizimi hisoblanadi.
So‘nggi kunlarda G‘azoda oziq-ovqat tanqisligi yana kuchaygan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, maydan iyul oxirigacha GHF markazlari atrofida 859 kishi halok bo‘lgan. Boshqa tarafdan, Isroil armiyasi va GHF voqealar yuz bergan joyda ularning ishtiroki bo‘lganini rad etmoqda.
Shu bilan birga, G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi 24 soat ichida oziq-ovqat yetishmovchiligi sababli 7 falastinlik, jumladan bir bola vafot etganini bildirdi. Urush boshlanganidan beri 93 bola va 76 katta yoshli kishi ochlikdan halok bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar