Isroil armiyasi G‘azo tunnellari uchun 1 000 tagacha gumanoid robot sotib olishi mumkin

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Isroil armiyasi G'azo sektoridagi tunnellar uchun AQSHning Foundation Future Industries kompaniyasidan 1 000 tagacha Phantom MK1 gumanoid robotini xarid qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
- Ushbu robotlar tor tunnellarda harakatlanish, simli tuzoqlarni aniqlash va portlovchi qurilmalarni zararsizlantirish vazifalarini bajarishi ko'zda tutilgan.
- Hozirgi vaqtda tomonlar o'rtasida yakuniy shartnoma imzolanmagan va qaror qabul qilinmagan.
Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi HAMAS tunnellarida foydalanish uchun AQSHning Foundation Future Industries kompaniyasi bilan 1 000 tagacha odamsimon robot yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Kelgusida ularni jangovar vazifalarga jalb etish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Gap kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan Phantom MK1 rusumli gumanoid robotlar haqida bormoqda. Foundation Future Industries hammuassisi va prezidenti Mayk LeBlanning aytishicha, robotlar tor tunnellarda harakatlanishi, simli tuzoqlarni aniqlashi va portlovchi qurilmalarni zararsizlantirishga yordam berishi mumkin.
LeBlanning ma’lum qilishicha, u sentyabr oyida Isroil harbiylari bilan uchrashgan va kompaniya robotlaridan biri bilan HAMAS tunnellarini ko‘zdan kechirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar Isroil armiyasi Bosh shtabi rahbari bilan bevosita olib borilmoqda.
Hozircha tomonlar o‘rtasida shartnoma imzolangani yoki robotlarni yetkazib berish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q. Financial Times'ning so‘roviga javoban Isroil armiyasi jurnalistlarni Mudofaa vazirligiga yo‘naltirgan, vazirlik esa izoh berishdan bosh tortgan.
Foundation Future Industries 2024 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning bosh qarorgohi San-Fransiskoda joylashgan. U Phantom robotlarini sanoat va harbiy sohalarda, jumladan, logistika, razvedka hamda xavfli hududlardagi vazifalarni bajarish uchun ishlab chiqmoqda.
Kompaniya robotlari 2026 yil boshida Ukrainada ham sinovdan o‘tkazilgan. Ikkita Phantom MK1 logistika vazifalarida, jumladan, xavfli hududlarda yuk tashish va evakuatsiya ishlarida sinab ko‘rilgan. Ularning bevosita jangovar harakatlarda qatnashgani haqida ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot uchun, AQSH prezidenti Donald Trampning o‘g‘li Erik Tramp Foundation Future Industries kompaniyasining investorlaridan biri va bosh strategik maslahatchisi hisoblanadi. Uning vakili Erik Tramp kompaniyaning kundalik faoliyati yoki davlat shartnomalari bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etmasligini bildirgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…