date

Infantino Dohadagi portlashlardan so‘ng Qatar xalqiga hamdardlik bildirdi

Infantino Dohadagi portlashlardan so‘ng Qatar xalqiga hamdardlik bildirdi

FIFA prezidenti Janni Infantino kecha Qatar poytaxti Dohada sodir bo‘lgan portlashlar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

“Dohada ro‘y bergan fojeali voqealardan juda ham ta’sirlandim. Begunoh Qatar aholisiga chin yurakdan hamdardligimni bildirib qolaman.

2022-yilda futbol bo‘yicha jahon chempionatini yuksak darajada tashkil etgan Qatarni biz xalqaro maydonda ko‘plab muammolarni hal etishda ko‘prik vazifasini bajara oladigan mamlakat sifatida bilamiz.

Shuning uchun bunday og‘ir pallada birdamligimizni yanada kuchaytirishimiz zarur. Barcha tomonlarni esa yana muloqotga qaytishga va mintaqada tinchlikni imkoni boricha tezroq tiklashga chaqirib qolaman”, — dedi Infantino.

FIFA rahbarining ushbu bayonoti Qatarda yuz bergan voqealardan keyin jahon sport hamjamiyati vakillari tomonidan katta e’tibor bilan qabul qilindi. Xalqaro jamoatchilik bu murojaatni tinchlikka chaqiruvchi muhim signal sifatida baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Infantino Dohadagi portlashlardan so‘ng Qatar xalqiga hamdardlik bildirdi