FIFA rahbariyati Jahon chempionati tijorat rejasidan voz kechdi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Jahon chempionatlari huquqlarini xususiy investorlarga sotish bo'yicha munozarali rejasidan butunlay voz kechdi. Ushbu qadam global miqyosdagi keskin noroziliklar, UEFA tomonidan bildirilgan boykot tahdidi hamda tashkilot ichidagi jiddiy isyon ortidan amalga oshirildi. Aslida FIFA Forward Enterprise deb nomlangan 20 milliard dollarlik sho'ba korxona tashkil etish rejasi e'lon qilinganiga atigi uch kun bo'lgan edi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino tashkilotning tijorat faoliyati, jumladan Jahon chempionatlari huquqlarini xususiy investorlarga sotish boʻyicha munozarali rejasidan butunlay voz kechdi. ESPN nashri tarqatgan xabarga koʻra, mazkur qadam global miqyosdagi keskin noroziliklar, UEFA tomonidan bildirilgan boykot tahdidi hamda tashkilot ichidagi jiddiy isyon ortidan amalga oshirildi va bu Infantinoning kelajagini ham xavf ostiga qoʻydi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Janni Infantino jamoatchilik va futbol associatsiyalarining qattiq qarshiligidan soʻng, juma kuni kechqurun mazkur tashabbus toʻxtatilganini tan oldi. Aslida, FIFA Forward Enterprise deb nomlangan 20 milliard dollarlik shoʻba korxona tashkil etish rejasi eʼlon qilinganiga atigi uch kun boʻlgan edi. Ushbu yangi tuzilma erkaklar va ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlari hamda Klublar oʻrtasidagi mundial bilan bogʻliq tijorat va tadbirlarni boshqarish amaliyotini yagona kompaniya ostida jamlashi kerak edi.
Rejaning moliyaviy koʻlam va shubhali tomonlari
Tuzilma ustidan nazorat FIFA qoʻlida qolishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, uning qariyb 20 foizi xususiy investorlarga taklif etilishi va buning evaziga 4,2 milliard dollar mablagʻ jalb qilinishi koʻzda tutilgan edi. Rejaga koʻra, AQShning Nyu-York shahridan Joshua Kushner (Jared Kushnerning ukasi) asos solgan investitsiya firmasi ushbu loyihaning asosiy sarmozadori sifatida koʻrilayotgan edi.Biroq, bu tashabbus futbol olamida darhol keskin eʼtirozlarni keltirib chiqardi. FIFA dastlab mazkur loyiha 211 ta aʼzo assotsiatsiyaning maslahatuvi va koʻpchiligi roziligi bilan amalga oshirilishini qatʼiy taʼkidlagan edi. Biroq tanqidlar toʻfoni va UEFA kabi nufuzli tashkilotlarning ochiqdan-ochiq boykot eʼlon qilish bilan tahdid qilishi vaziyatni tubdan oʻzgartirib yubordi.
Ichki isyon va yakuniy qaror
Tashkilot ichidagi yuqori martabali mulozimlar va ayrim federatsiyalar oʻrtasida boshlangan ochiq noroziliklar Infantinoning oʻz mavqeini ham xatarga qoʻydi. Vujudga kelgan chuqur boʻlinishlar va kelishmovchiliklar loyihaning davom etishini imkonsiz qilib qoʻydi. Janni Infantino barcha tomonlarning fikrlarini diqqat bilan eshitib, yakuniy xulosaga kelganini bildirdi.“Barcha qarashlarni diqqat bilan tinglaganimdan soʻng, ushbu loyiha qoʻllab-quvvatlash darajasidan qatʼiy nazar, dastlab oldimizga qoʻyilgan maqsadlarga zid boʻlgan boʻlinishlarni keltirib chiqargani oydinlashdi,” — deya taʼkidladi FIFA rahbari. Uning soʻzlariga koʻra, federatsiyaning bosh maqsadi har doim futbolni birlashtirish va rivojlantirish boʻlgan va shunday boʻlib qoladi.






























Izohlar 0
…