date

Yangi Zelandiyada mushuk va itlar uchun “vino terapiya” boshlandi

Yangi Zelandiyada mushuk va itlar uchun “vino terapiya” boshlandi

Yangi Zelandiyada hayvonsevarlar endilikda o‘z uy hayvonlarini ham “vino” bilan siylash imkoniga ega bo‘ldi. Mamlakatda mushuk va itlar uchun mo‘ljallangan maxsus yalpizli vino sotuvga chiqdi, deb yozadi Daily Mail.

Bu noodatiy ichimlikni Muttley’s Estate kompaniyasi ishlab chiqmoqda. Unda spirtli modda o‘rniga Yangi Zelandiyaning quyoshli hududlarida o‘stirilgan yalpizdan tayyorlangan maxsus infuziya ishlatiladi.

Uy hayvonlari uchun vino bir nechta turda taklif qilinmoqda: Chapawgne, Purrno Noir, Sauvignon Bark, Proseccat, Pawt, Cabarknet va Meowsè.

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu “vino” mushuk va itlarga stressni kamaytirishga, ayniqsa momaqaldiroq yoki veterinarga borish paytida, yordam beradi. Shuningdek, u kayfiyatni yaxshilaydi, ishtahani ochadi, ovqat hazmini rag‘batlantiradi hamda hasharot va parazitlardan himoya qiladi.

150 millilitrlik shisha 12,99 Yangi Zelandiya dollari (taxminan 600 rubl) turadi. Bir shishadan uchta porsiya tayyorlash mumkinligi aytilmoqda.

Endi insonlar singari uy hayvonlari ham “vino”dan lazzatlanishi mumkin — faqat bu safar mutlaqo xavfsiz tarzda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiyada mushuk va itlar uchun “vino terapiya” boshlandi