Misr cho‘li ostidan 70 million yillik akulalar dunyosi topildi

Misrning hozirgi quruq va jazirama G‘arbiy cho‘lida olimlar 70 million yildan ortiq vaqt avval yashagan akulalarning qazilma tishlarini topishdi. Topilma Abu-Tartur platosida aniqlangan.
Tadqiqotchilar jami 14 ta toshqotgan akula tishini o‘rganib, ular kamida beshta yo‘qolib ketgan akula turiga tegishli ekanini aniqlashdi. Ilgarigi topilmalar bilan birga bu hududda aniqlangan qadimiy akula turlari soni kamida yettitaga yetgan.
Eng qizig‘i, bu joy millionlab yillar oldin hozirgi cho‘l emas, balki iliq va serhayot tropik dengiz bo‘lgan. Dengizda turli xil akulalar yashagan, suvda ozuqa miqdori ham yuqori bo‘lgan.
Ayrim topilgan turlar Misrda ilk bor qayd etilgan. Ular orasida Afrikada birinchi marta uchragan bo‘lishi mumkin bo‘lgan akula ham bor.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu kashfiyot Misr cho‘lining o‘tmishi qanday bo‘lganini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bugun qum va quruqlik hukmron bo‘lgan hudud millionlab yillar avval akulalar suzib yurgan dengiz bo‘lgan.






























Izohlar 0
…