Zilzila vayronalari ostidan holdan toygan it qutqarib olindi

Karakasda yuz bergan kuchli zilziladan keyin olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida vayronalar ostidan holdan toygan it tirik holda topildi. Qulagan devorlar ostida qolgan jonivorning faqat boshi tashqaridan ko‘rinib turgan bo‘lib, qutqaruvchilar avvalo unga suv ichirib, so‘ng ehtiyotkorlik bilan uni chiqarib olishdi. Mazkur qutqaruv jarayoni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilarning hamdardligi va olqishiga sabab bo‘ldi.
Karakasda kuchli zilziladan keyin olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida vayronalar ostidan holdan toygan it tirik holda topildi.
Ma’lum qilinishicha, qulagan devorlar ostida qolgan jonivorning faqat boshi tashqaridan ko‘rinib turgan. Qutqaruvchilar avvalo unga suv ichirib, so‘ng ehtiyotkorlik bilan vayronalar orasidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Qutqarib olingan itning qattiq titrayotgani videotasvirlarda aks etgan.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab foydalanuvchilarning hamdardligi va olqishiga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik qutqaruvchilarning fidokorona harakatlarini e’tirof etmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 235 nafarga yetgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari esa vayronalar ostida tirik qolganlarni izlab topish maqsadida hamon davom etmoqda.






























Izohlar 0
…