Har bir vaziyat uchun alohida burun: britan ayolining g‘ayrioddiy hikoyasi

Britaniyalik Jeyn Xardman kam uchraydigan autoimmun kasallik tufayli 2017 yilda burnidan ayrilgan. Bugun uning turli vaziyatlarga mos keladigan 10 dan ortiq burun protezi bor bo'lib, ularni tashqi ko'rinish, qulaylik va muayyan holatga qarab tanlaydi. Jeyn o'z tajribasini ijtimoiy tarmoqlarda ochiq baham ko'rib, kam uchraydigan kasalliklar hamda yuz a'zolaridan ayrilgan insonlar duch keladigan muammolar haqida jamoatchilik xabardorligini oshirishga harakat qilmoqda.
Britaniyalik Jeyn Xardman kam uchraydigan autoimmun kasallik tufayli 2017 yilda burnidan ayrilgan. Bugun esa uning 10 dan ortiq turli burun protezi bor.
Nega unga shuncha protez kerak?
Jeyn turli vaziyatlar uchun mos keladigan protezlardan foydalanadi. Ularning har biri tashqi ko‘rinish, qulaylik va muayyan holatga qarab tanlanadi.
Jeyn o‘z tajribasini yashirmaydi, aksincha, ijtimoiy tarmoqlarda ochiq baham ko‘radi.
Maqsadi — odamlarni xabardor qilish
U o‘zining hayot yo‘li haqida muntazam ravishda postlar tarqatib, kam uchraydigan kasalliklar va yuz a’zolaridan ayrilgan insonlar duch keladigan muammolar haqida jamoatchilik xabardorligini oshirishga harakat qilmoqda.
Jeynning hikoyasi tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlar insonning hayoti, o‘ziga bo‘lgan munosabati va jamiyatdagi o‘rniga ta’sir qilsa-da, bu insonning to‘laqonli hayot kechirishiga to‘sqinlik qilmasligini ko‘rsatadi.































Izohlar 0
…