Turkiyada nihoyatda noyob holat: ikki bachadonli ayol bir vaqtning o‘zida ikki farzandini dunyoga keltirdi!

Turkiyaning Trabzon shahrida ikki bachadonga ega ayol bir vaqtning o'zida har ikkala bachadonidan ham homilador bo'lib, ikki farzandini dunyoga keltirdi. Homiladorlik sun'iy urug'lantirish orqali yuzaga kelgan. Mutaxassislar bu holatni dunyoda ushbu usul yordamida qayd etilgan uchinchi holat deb baholagan. Ikki bachadonlilik ayolning tug'ma ravishda ikkita alohida bachadonga ega bo'lishi bilan tavsiflanadigan juda kam uchraydigan anatomik holatdir.
Turkiyaning Trabzon shahrida tibbiyotda juda kam uchraydigan holatlardan biri qayd etildi. Ikki bachadonga ega ayol bir vaqtning o‘zida har ikkala bachadonidan ham homilador bo‘lib, ikki farzandni dunyoga keltirdi.
Homiladorlik sun’iy urug‘lantirish orqali yuzaga kelgan
Ma’lumotlarga ko‘ra, homiladorlik sun’iy urug‘lantirish orqali yuzaga kelgan. Mutaxassislar mazkur holatni dunyoda ushbu usul yordamida qayd etilgan uchinchi holat sifatida baholagan.
Eng hayratlanarlisi — homiladorlik bir vaqtning o‘zida ikkala bachadonda kechgan.
Ikki bachadonlilik nima?
Ikki bachadonlilik — ayol tug‘ma ravishda ikkita alohida bachadonga ega bo‘ladigan juda kam uchraydigan anatomik holat.
Odatda bunday holatning o‘zi ham noodatiy hisoblanadi. Har ikki bachadonda bir vaqtning o‘zida homiladorlik yuz berishi esa nihoyatda kam uchraydi.
Trabzondagi ushbu voqea shu sababli tibbiyot olamida alohida e’tibor qozondi.































Izohlar 0
…