Chiqindidan chiqqan narsalarni sotib oyiga 3000 ming dollar topayotgan ayol e’tibor markazida!

AQSHning Texas shtatida yashovchi 32 yoshli Tiffani Sherri do‘konlar va turli bizneslar tashlab ketgan, ammo foydalanishga yaroqli buyumlarni qayta sotib, oyiga minglab dollar daromad oladi. U 2017 yilda bu faoliyatni boshlagan va kosmetika, elektronika, maishiy buyumlar hamda kundalik mahsulotlarni chiqindilar orasidan saralab oladi. Daromadi muntazam tus olgach, asosiy ishidan bo‘shagan Sherri topilmalarini hovli savdolari va ikkinchi qo‘l savdo platformalarida sotadi.
AQSHning Texas shtatida yashovchi 32 yoshli Tiffani Sherri boshqalar tashlab yuborgan buyumlarni yig‘ib, qayta sotish orqali tirikchilik qiladi. Uning bu noodatiy ishi esa oyiga minglab dollar daromad keltirmoqda.
Sherri 2017 yilda internetda ko‘rgan videosidan ilhomlanib, do‘konlar va turli bizneslar tashlab ketgan, ammo hali foydalanishga yaroqli buyumlarni yig‘ishni boshlagan.
U chiqindilar orasidan:
kosmetika;
elektronika;
maishiy buyumlar;
turli kundalik mahsulotlarni
saralab oladi va qayta sotadi.
Unga ko‘ra, tashlab yuborilgan ko‘plab buyumlar aslida hali foydalanishga yaroqli bo‘ladi.
Daromadi muntazam tus olgach, Sherri asosiy ishidan bo‘shab, bu faoliyat bilan to‘liq shug‘ullana boshlagan. U topgan buyumlarini hovli savdolari va ikkinchi qo‘l savdo platformalarida sotadi.
“Dumpster Diving Mama” nomi bilan kontent yaratuvchi Sherrining TikTok'da qariyb 2 million, Instagram'da esa 400 mingdan ortiq kuzatuvchisi bor.
Uning aytishicha, tashlab yuborilayotgan ko‘plab buyumlarga yangi hayot berish mumkin. Shu tariqa u chiqindini kamaytirish bilan birga, o‘ziga daromad manbai ham yaratgan.































Izohlar 0
…