Butun bir shaharni sotib olib, 6 yildan beri yolg‘iz yashab kelayotgan AQSHlik tadbirkor hayoti!

Butun bir shaharni sotib olib, 6 yildan beri yolg‘iz yashab kelayotgan AQSHlik tadbirkor hayoti!

AQSHlik tadbirkor Brent Andervudning hayoti oddiy shaharliklardan keskin farq qiladi. U butun boshli tashlandiq shaharni sotib olib, yillar davomida u yerda yolg‘iz hayot kechirmoqda.

“Arvoh shahar” endi uning mulki. Andervud 2018 yilda Kaliforniyadagi tashlandiq Cerro Gordo shaharchasini 1,4 million dollarga sotib olgan. 2020 yildan beri esa u shu hududda deyarli yolg‘iz yashab kelmoqda.

Shaharchada:

22 ta bino;

eski kumush konlari;

tarixiy inshootlar;

tashlandiq ko‘chalar mavjud.

Tog‘li hududdagi kichik binolar va tuproq yo‘llar yuqoridan ko‘rinishi.

Bir paytlar odamlar gavjum bo‘lgan shaharcha bugun deyarli faqat uning uchun “uy”ga aylangan.

Yolg‘iz emas: mushuk va echkilari bor

Andervudning doimiy hamrohlari esa 7 ta mushuk va bir nechta echki. U butun shaharni o‘z ixtiyorida saqlab, uni qayta tiklash va tarixiy qiyofasini asrash bilan shug‘ullanadi.

Tasavvur qiling: butun bir shahar sizniki, ammo atrofingizda odam yo‘q. Siz bunday joyda yolg‘iz yashay olarmidingiz?

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar