Tovuq go‘shtini onasi uchun yemay olib qo‘ygan kichkina Mateo o‘qituvchisini hayron qoldirdi

Tovuq go‘shtini onasi uchun yemay olib qo‘ygan kichkina Mateo o‘qituvchisini hayron qoldirdi

Panamadagi maktablardan birida tasvirga olingan oddiy tushlik lahzasi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab insonlarning qalbiga ta’sir qildi. Bepul tushlik vaqtida o‘qituvchi kichkina Mateoning o‘ziga berilgan tovuq go‘shtini yemay, chetga olib qo‘yayotganini payqagan.

O‘qituvchi bolakaydan nega ovqatni yemayotganini so‘raganida, Mateo javobi bilan barchani ta’sirlantirgan.

U tovuq go‘shtini onasiga olib borishni xohlayotganini aytgan.

“Men buni onamga olib boraman”, degan bolaning oddiy istagi videoni ko‘rgan ko‘plab insonlarni befarq qoldirmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar Mateoning yosh bo‘lishiga qaramay, onasini o‘ylagani va o‘ziga berilgan taomni u bilan bo‘lishmoqchi bo‘lganini yuqori baholadi.

Ko‘pchilik bu holatni ona va farzand o‘rtasidagi mehrning ta’sirli namunasi sifatida qabul qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar