O‘g‘rilar katta tezlikda ketayotgan yuk mashinasidan 105 kilogramm tovuq go‘shtini o‘g‘irlashdi (video)

O‘g‘rilar katta tezlikda ketayotgan yuk mashinasidan 105 kilogramm tovuq go‘shtini o‘g‘irlashdi (video)

Misrda sodir bo‘lgan noodatiy o‘g‘rilik ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘g‘rilar katta tezlikda harakatlanayotgan yuk mashinasidan 105 kilogramm tovuq go‘shtini olib qochgan. Voqea aks etgan kadrlar esa ko‘pchilikka “Forsaj” filmlaridagi sahnalarni eslatgan.

Tarqalgan videoda ikki erkak harakatlanayotgan yuk mashinasidan qutilarni pikapga tashlayotgani ko‘rinadi.

Yuk mashinasi haydovchisi jami 4 tonna tovuq go‘shtini olib ketayotgan bo‘lgan. U o‘g‘rilik sodir bo‘layotganini payqamagan va yetishmayotgan 105 kilogramm mahsulotni keyinchalik aniqlagan. Tergov davomida huquq-tartibot idoralari jinoyatga aloqador ekani aytilayotgan 6 kishidan iborat guruhni aniqlagan.

Gumondorlarning barchasi avval ham jinoiy javobgarlikka tortilgani ma’lum qilingan.

Ularni qo‘lga olish jarayonida gumondorlar politsiyaga qarata o‘q uzgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida 3 gumondor yo‘q qilingan, yana 3 nafari qo‘lga olingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar