“Oq uyni o‘zga sayyoraliklar egallayaptimi?” — AQSHda yangi elchining surati muhokamada

“Oq uyni o‘zga sayyoraliklar egallayaptimi?” — AQSHda yangi elchining surati muhokamada

AQSH ijtimoiy tarmoqlarida Davlat departamentida yangi lavozimga tayinlangan Barbara Tornxillning surati keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Uning tashqi ko‘rinishi internet foydalanuvchilari orasida turli hazil va memlar tarqalishiga turtki bo‘ldi. Surat 10 milliondan ortiq marta ko‘rilgani aytilmoqda.

Barbara Tornxill odam savdosini kuzatish va unga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus topshiriqlarni bajaruvchi elchi lavozimida faoliyat boshlagan. U AQSHning odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlariga rahbarlik qiladi.

Biroq uning tayinlanishi bilan bog‘liq xabarlardan ko‘ra, aynan surati ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq e’tibor qozongan. Ayrim foydalanuvchilar suratga kinoyali izohlar yozib, turli memlar yaratishgan.

Jumladan, izohlarda “Tramp ma’muriyatida o‘zga sayyoraliklarni unchalik ham yaxshi yashirishmayapti” va “Oq uyni o‘zga sayyoraliklar egallayapti” kabi hazilomuz iboralar uchraydi.

Shu tariqa, yangi elchining surati internetda qizg‘in muhokama mavzusiga aylangan. Biroq ijtimoiy tarmoqlardagi bunday izohlar foydalanuvchilarning kinoyali munosabatini ifodalaydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar