Qirg‘izistonda askarlarni shaxsiy uyi qurilishiga jalb qilgan komandir qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda askarlarni shaxsiy uyi qurilishiga jalb qilgan komandir qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Milliy gvardiyaning harbiy qismlaridan biri komandiri xizmat mavqeini suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni shaxsiy uyi qurilishiga muntazam jalb qilganlikda gumonlanmoqda.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holat 20 oktyabr kuni harbiy prokuratura bilan hamkorlikda aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, komandir shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiylarni qurilish ishlariga jalb qilgan. Ular orasida harbiy qismda sutkalik navbatchilikda bo‘lishi kerak bo‘lgan askarlar ham bor.

Tekshiruv natijalari bo‘yicha to‘plangan materiallar harbiy prokuraturaga yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 337-moddasi — «Lavozim vakolatini suiiste’mol qilish» bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov doirasida shaxsi I.A. bosh harflari bilan ko‘rsatilgan komandir qo‘lga olingan va Bishkek shahri ichki ishlar bosh boshqarmasining vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar