Qirg‘izistonda Bishkekdagi tirbandliklar sabab poytaxt ko‘chirilishi mumkin

2 daqiqa o'qish5
Qirg‘izistonda Bishkekdagi tirbandliklar sabab poytaxt ko‘chirilishi mumkin
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Qirg‘iziston parlamenti deputati Nurbek Sidigaliyev Bishkek shahridagi tirbandliklarni bartaraf etish uchun poytaxtni boshqa hududga ko‘chirish taklifini ilgari surdi.
  • Deputat mazkur muammoni hal qilish uchun O‘sh shahri tajribasiga tayanib, Bishkekda yo‘l o‘tkazgichlar va ko‘priklar qurilishini kengaytirishni tavsiya qildi.
  • O‘z navbatida, shahar meri Aybek Junushaliyev poytaxtda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar boshlanganini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston parlamenti deputati Nurbek Sidigaliyev Bishkek shahrida tobora kuchayib borayotgan tirbandliklar muammosiga yechim sifatida mamlakat poytaxtini boshqa hududga ko‘chirish taklifini ilgari surdi. Uning fikricha, vaziyatni yaxshilash uchun shaharda yo‘l o‘tkazgichlar va ko‘priklar qurilishini ham kengaytirish zarur. Bu haqda «Kaktus.media» xabar berdi.

18 noyabr kuni Jogorku Kenesh yig‘ilishida so‘zga chiqqan deputat hamkasblari bilan O‘sh shahriga tashrifi davomida u yerda yangi ko‘priklar qurilayotganini ko‘rganini aytdi. Ushbu tajribani Bishkekda ham qo‘llash mumkinligini ta’kidlab, shahar meriyasiga gavjum chorrahalarda yo‘l o‘tkazgichlar barpo etishni tavsiya qildi.

Xususan, deputat Cho‘y shohko‘chasi, shuningdek, Tokombayev va Abraxmanov ko‘chalari kesishmasida shunday inshootlar qurish zarurligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu kabi loyihalar shahardagi transport harakatini yengillashtirish va tirbandliklarni kamaytirishga yordam berishi mumkin.

Sidigaliyev O‘sh shahrida barpo etilgan ko‘priklardan birining qurilishi qancha mablag‘ talab qilgani bilan ham qiziqdi. Bunga javoban Qirg‘iziston qurilish, arxitektura va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Nurdan O‘runtayeva estakada ko‘priklari dastlab zarur hujjatlar to‘liq rasmiylashtirilmasdan qurila boshlaganini ma’lum qildi. Hozirda esa tegishli hujjatlar tayyorlanayotgani va qurilish xarajatlari hisoblab chiqilayotganini aytdi.

Bishkek meri Aybek Junushaliyev ham poytaxtda shunga o‘xshash ko‘priklar qurilishi boshlanganini ta’kidladi. U bunga Molodaya Gvardiya shohko‘chasi va L. Tolstoy ko‘chasi kesishmasida amalga oshirilayotgan qurilishni misol qilib keltirdi. Shuningdek, kelasi yili Janubiy magistralda ham yo‘l o‘tkazgich barpo etish ishlarini boshlash rejalashtirilayotganini bildirdi.

Deputat esa O‘sh shahridagi yo‘llar va ko‘priklar qurilishini ijobiy baholab, Bishkekda ham bunday tajribani keng joriy etish kerakligini aytdi.

«U yerda yo‘llar va ko‘priklar juda yaxshi qurilgan. Bu yerda ham shunday qilish kerak, aks holda tirbandlik muammosini hal qila olmaymiz. Vaziyat kundan kunga yomonlashmoqda. Muammoni shu yo‘l bilan hal qilish yoki poytaxtni ko‘chirish kerak», — dedi Sidigaliyev.

Bunga javoban Bishkek meri Aybek Junushaliyev poytaxt boshqa hududga ko‘chirilgan taqdirda, aholi ham yangi ma’muriy markazga ko‘chib borishini ta’kidladi.

Biroq deputat bu fikrga qo‘shilmadi. Uning aytishicha, poytaxt ko‘chirilgan taqdirda ham aholining bir qismi Bishkekda yashashda davom etadi.

Sidigaliyev shahardagi tirbandliklarning yana bir sababi sifatida markaziy hududlarda ko‘p qavatli uylar qurilishiga ruxsat berilganini ko‘rsatdi. Uning fikricha, bunday binolarni shahar markazida emas, balki Sokuluk va Issiq-Ota tomonlarda qurish maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Hozircha poytaxtni ko‘chirish bo‘yicha rasmiy qaror qabul qilinmagan. Bu masala deputat tomonidan tirbandlik muammosiga yechim sifatida bildirilgan taklif bo‘lib qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?