Garvard va Yel universiteti olimlari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun “ajabtovur” yechimni taklif qilishdi: ularning fikricha, global isishni “jilovlash” uchun shunchaki quyoshni biroz “to‘sish” kerak. Bu haqda Stern nashri xabar bermoqda.
Environmental Research Letters nashrida chop etilgan tadqiqotda quyosh nurining sayyoramizga tushishini kamaytirish uchun stratosferada kimyoviy moddalarni sochish imkoni ko‘rib chiqilgan. Bu yechim doirasida 20 km balandlikda sulfatlarni sochish taklif qilingan.
Moddalarni sochish samolyotlar yordamida amalga oshirilishi ko‘rsatilgan. Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, ayni vaqtda katta miqdorda kimyoviy moddalarni socha oladigan samolyot mavjud emas.
Olimlar dasturni 15 yildan keyin boshlash uchun zarur bo‘ladigan xarajatlar qiymatini 3,5 mlrd dollarga baholashgan. Dasturni ilk 15 yil ichida amalga oshirish bilan bog‘liq joriy xarajatlar 2,25 mlrd dollarga yaqinni tashkil qiladi.
“Olimlar loyihani amalga oshirish uchun ko‘plab davlatlar ovoz berishini ko‘proq muammo deb hisoblashmoqda. Ehtimoliy xatarlar davlatlarning nuqtai nazarlari va ushbu usulning ob-havoga nomaqbul ta’siridan iborat: buning oqibatlari hosilning nobud bo‘lishi, qurg‘oqchilik va boshqa ekstremal ob-havo hodisalari bo‘lishi mumkin”, deyilgan maqolada.
Boshqa olimlar bu g‘oyaga shubha bilan qarashmoqda. Misol uchun, Lozannadagi politexnika maktabi olimi Filipp Talmanning fikricha, quyosh nurlari bilan turli “manipulyatsiyalar sodir etish” issiqxona gazlari miqdorini kamaytirishdan qimmatroqqa tushadi va xavfliroqdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?