
23 mart kuni Karakasdagi Mayketiya xalqaro aeroportiga rossiyalik harbiylar va 35 tonna yuk boʻlgan An-124 va Il-62 samolyotlari kelgan. Bu haqda Kun.uz nashri maʼlum qildi.
Nashrning taʼkidlashicha, gap 99 harbiy haqida bormoqda, ularga Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi tashkiliy-mobilizatsiya bosh boshqarmasi boshligʻi general-polkovnik Vasiliy Tonkoshkurov boshchilik qilmoqda. Maʼlum qilinishicha, rossiyalik harbiylarni Venesuelaning xalqaro aloqalar va integratsiya boʻlimi boshligʻi Marianni Mata, Venesuela milliy gvardiyasi vakili Edgar Kolina Reyes va Rossiyaning Karakasdagi diplomatik vakolatxonasi vakillari kutib olishgan.
Hoy llegaron al aeropuerto Internacional de Maiquetía estos dos aviones de la Fuerza Aerea rusa.
— Federico Black B. (@FedericoBlackB) March 23, 2019
1 Ilyushin Il-62M
1 Antomov 124
Fotos: cortesía pic.twitter.com/w7hgQhyivr
Nashr maʼlumotlariga koʻra, samolyotlar Venesuelaga qadar yoʻlda Damashq va Dakarda qoʻnish amalga oshirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar