Tramp Venesuela bilan «tarixdagi eng yirik» kelishuvni e’lon qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela bilan «jahon tarixidagi eng yirik» neft bitimi tuzilganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
«AQSH Venesuela bilan jahon tarixidagi eng yirik neft kelishuvi bo‘yicha bitim tuzdi!» — deb ma’lum qildi Tramp.
Uning aytishicha, kelishuv uning topshirig‘i asosida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va urush vaziri Pit Xegset tomonidan Venesuela prezidenti vazifasini bajarayotgan Delsi Rodriges hamda xususiy biznes vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Donald Trampning ta’kidlashicha, AQSH Venesueladagi 65 milliard barreldan ortiq tasdiqlangan neft zaxiralari ustidan nazorat paketini qo‘lga kiritgan.
«Ushbu tarixiy kelishuv Amerika neft zaxiralarini ikki baravardan ko‘proq oshiradi, mamlakatimiz uchun mavjud neft hajmini sezilarli darajada ko‘paytiradi va kelgusi yillarda barcha amerikaliklar uchun benzin narxining ancha pasayishiga olib keladi», — dedi AQSH prezidenti.






























Izohlar 0
…