Yevropa Ittifoqi Venesuelaga 5 million yevro yordam ajratdi

Yevropa Ittifoqi kuchli zilziladan jabr ko‘rgan Venesuelaga shoshilinch yordam sifatida 5 million yevro ajratdi. Bu haqda YEI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng ma’lum qildi. Kallasning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa fuqarolik muhofazasi mexanizmi ishga tushirilib, ittifoqqa a’zo davlatlar qidiruv-qutqaruv guruhlari, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiy xodimlarni jo‘natgan.
Yevropa Ittifoqi kuchli zilziladan jabr ko‘rgan Venesuelaga shoshilinch yordam sifatida 5 million yevro ajratdi. Bu haqda YEI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng ma’lum qildi.
Kallasning aytishicha, Yevropa fuqarolik muhofazasi mexanizmi ishga tushirilgan. Ittifoqqa a’zo bir qator davlatlar Venesuelaga qidiruv-qutqaruv guruhlari, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiy xodimlarni yuborgan.
Shuningdek, Yevropaning "Copernicus" sun’iy yo‘ldosh tizimi ham qutqaruv ishlariga jalb etilgan. U tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarni aniqlash va yordam yetkazish jarayonini muvofiqlashtirishga ko‘maklashmoqda.































Izohlar 0
…