Pxenyan Vashington bilan mavjud kelishuvga amal qilmaydi, chunki AQSH respublikaga nisbatan dushmanlarcha siyosatini davom ettirmoqda. Bu haqda KXDRning BMTdagi bo‘linma huzuridagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi Chju Yon Chxolga tayanib Reuters xabar qildi.
"Biz boshqa tomon bajarishdan bosh tortayotgan kelishuvga amal qilish uchun sabab ko‘rmayapmiz. Agar AQSH KXDRga nisbatan dushmanlarcha siyosatini davom ettiradigan bo‘lsa, Koreya yarim orolida hech qachon denuklearizatsiya amalga oshmaydi", dedi u.
Chju Yon Chxolning so‘zlariga ko‘ra, "Agarda Vashington bir tomonlama tartibda o‘z talablarini qo‘yishga va sanksiyalar kiritishga urinsa, KXDR boshqacha yo‘l tutishiga to‘g‘ri keladi".
2019 yil iyunda KXDR rahbari Kim Chen In va AQSH prezidenti Donald Tramp Pxanmunjomdagi uchrashuvda denuklearizatsiya bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib olgandi. Kelishuvga muvofiq, 5 oktabrda AQSH va KXDR vakillari Stokholmda ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash istiqbollarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi, ammo Vashington va Pxenyan o‘rtasida muloqot o‘rnatish harakati samarasiz yakunlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”