06:25 / 06.04.2020
4 321

Bitta bilagiga 2 ta soat taqqan malika Diana. U nega bunday qilgan edi?

Bitta bilagiga 2 ta soat taqqan malika Diana. U nega bunday qilgan edi?
Foto: Getty Images
Malika Diana har doim o‘z pozitsiyasini tashqi ko‘rinishidagi birgina element bilan ifoda eta olishi va hamda mehribon ekanligi bilan shuhrat qozongan edi, deb yozadi Daryo.

Masalan, rasmiy tashriflar chog‘ida u odamlarga yaqinroq bo‘lish uchun qo‘lqop kiyishdan bosh tortgan.
Bir kuni fotograf malikani bir qo‘liga ikkita soat taqib olganini suratga olgan. Bu tasodifiy holat emasdi. Diana o‘ziga yaqin insonlarga bo‘lgan muhabbatini maxsus belgilar orqali ko‘rsatishni yaxshi ko‘rardi.

Diananing ushbu surati 1981 yilda, ular shahzoda Charlz bilan unashtirilganidan so‘ng olingan. Fotograf Vindzordagi polo-klubda o‘ynayotgan qallig‘iga qarab turgan malikani suratga olgan.

Foto: Getty Images
Bitta detal, ya’ni malikaning bilagiga ikkita soat taqilganini hisobga olmasa, bu suratda hayratlanarli hech narsa yo‘q.
Ma’lum bo‘lishicha, ingichka bandli tilla soat Diananing o‘ziga, qora rangli soat esa Charlzga tegishli bo‘lgan.
Malika Diana Charlzning soatini unga hurmat ramzi sifatida hamda qallig‘iga omad keltirishi uchun taqqanini bildirgan.

Foto: East News
Diana va Charlzning nikohi uzoq davom etmagan bo‘lsa ham, bu surat ularning o‘rtasida muhabbat va o‘zaro hurmat bo‘lganini ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bitta bilagiga 2 ta soat taqqan malika Diana. U nega bunday qilgan edi?