00:37 / 23.12.2021
1 703

Angliyada qushsimon yirtqich dinozavrlarning yangi turi topildi

Angliyada qushsimon yirtqich dinozavrlarning yangi turi topildi
Foto: Yandex
Paleontologlar 2004 yilda La-Mansh bo‘g‘ozidagi Britaniyaning Uayt orolida topilgan dinozavr qoldiqlarini velotsiraptorlar oilasiga aloqador ilgari noma’lum bo‘lgan turga tegishli degan xulosaga keldi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Bat universitetiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

«U yashagan davr 100 million yil avvalgi bo‘r davrining boshiga to‘g‘ri keladi. Yangi jonivor uning suyaklarini orolning janubiy qirg‘og‘idagi qoyalar orasidan topib olgan mahalliy kolleksioner Mik Grin sharafiga Vectiraptor greeni nomini oldi», — deyiladi xabarda.

Hayvonning burnidan dumigacha bo‘lgan uzunligi 3 metrga yaqin, u o‘ljasini tinchitish uchun oyoqlaridagi yirik keskich tirnoqlardan foydalangan. Vektiraptor — dromeozavrlar deb ataluvchi dinozavrlar guruhiga mansub bo‘lib, ularning zamonaviy qarindoshlari, qushlari singari, uzun patlar bilan qoplangan.

Ushbu guruhning taniqli vakillari Mo‘g‘ulistonda topilgan velotsiraptor, AQSHda topilgan deynonixus va ulkan yutaraptorlar hisoblanadi.

«Bu terisi qalin, suyaklari yirik, katta va juda baquvvat hayvon bo‘lgan. Shubhasiz, u kichik o‘ljalarni emas, balki o‘zining hajmiga teng yoki sal kattaroq hayvonlarni ovlagan», — dedi Bat universitetining tadqiqot rahbari Nik Longrich.

Vektiraptor, ehtimol, kichik dinozavrlarga, shuningdek, katta dinozavrlarning bolalariga xavf solgan.

«U kuchli panjalari va tirnoqlari bilan hozirgi leopardlar kabi daraxtlarga chiqa olgan bo‘lishi mumkin. Ushbu og‘ir suyaklar tezlikka kamroq va kuchga ko‘proq tayanadigan, o‘ljasini tutish uchun pistirmada turadigan hayvondan dalolat beradi», — deyiladi xabarda.

Tadqiqot hammuallifi Porsmut universitetining professori Deyv Martillning ta’kidlashicha, velotsiraptor oilasiga juda yaqin yirtqichlar Mo‘g‘ulistonda ham topilgan. Bundan kelib chiqilsa, qit’alar bir-biriga yaqin bo‘lganda, ba’zilari hatto quruqlikdagi «ko‘priklar» bilan bog‘langan davrlarda ehtimol, Angliya hududi dinozavrlar qo‘nim topgan muhim nuqtalarga to‘g‘ri kelgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida O‘zbekistonda dinozavrlarning noyob turi aniqlangan edi. U ikki qavatli avtobusdan ikki barobar katta bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angliyada qushsimon yirtqich dinozavrlarning yangi turi topildi