Qozog‘iston prezidenti reklama va peshlavhalarda qozoq tilidan foydalanish zarurligini ko‘zda tutuvchi qonunni imzoladi, deb ma’lum qildi Aqorda sayti.
Yangi qonunga ko‘ra, blankalar va peshlavhalar, e’lonlar, reklamalar, preyskurantlar, narxko‘rsatkichlar, ko‘rsatkichlar, menyular va boshqa vizual ma’lumotlar davlat tilida, zarur hollarda esa rus va (yoki) boshqa tillarda joylashtiriladi.
Avvallari bu ma’lumotlar davlat tilida va rus tilida yozilishi shart edi.
22 dekabr kuni Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Dauren Abayev “Ochiq muloqot” dasturida bugungi kunda tashqi reklamalarda qozoq tili qo‘llanilmayotganini yoki noto‘g‘ri qo‘llanilayotganini aytdi.
“Bugungi kunda rus tilidan tashqi foydalanishda muammo yo‘q, ammo qozoq tilida, afsuski, bor. Hech kim rus tilini bekor qilmayapti. Biz faqat qozoq tilidan foydalanishni majburiy qilib qo‘ydik”, – dedi Abayev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”