Foto: Global Look Press
Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 58,54 foiz ovoz (18 779 641) bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Makronning raqobatchisi «Milliy uyushma» yetakchisi Marin Le Pen 100 foiz ovozlar hisob-kitobidan keyin 41,46 foiz ovoz to‘plagan (13 297 760). Avvalroq u o‘z mag‘lubiyatini tan olgandi.
Saylovlarning birinchi turida Makronga 27,85 foiz, Le Penga esa 23,15 foiz saylovchi ovoz bergandi.
Fransiya prezidentini qayta lavozimga saylangani bilan AQSH va Ukraina prezidentlari Jo Bayden hamda Vladimir Zelenskiy, Germaniya va Avstriya kanslerlari Olaf Shols hamda Karl Nexammer, Buyuk Britaniya va Italiya bosh vazirlari Boris Jonson hamda Mario Dragi, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel va boshqalar tabriklagan. Zelenskiy Makronni «haqiqiy do‘st» deb atagan.
Makron birinchi bo‘lib Germaniya kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali muloqot qilgan.
Qayta saylangan davlat rahbari fransuzlarga «barcha uchun prezident» bo‘lishga va «adolatli jamiyat hamda ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tenglik uchun» ishlashni davom ettirishga va’da bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiyani «notinch», biroq «tarixiy» davrlar kutmoqda.
Makron 2002 yildan buyon ikkinchi marta g‘alaba qozongan birinchi fransiyalik prezidentga aylandi. Birinchi marta u hokimiyat tepasiga 2017 yilgi saylovlarga kelgan edi (o‘shanda u Le Penni 66,1/33,9 foiz ovozlar nisbati bilan ortda qoldirgan edi).
Fransiyada oxirgi marta ikki marta prezident sifatida saylanishga Jak Shirak muvaffaq bo‘lgandi (1995—2007 yillar). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi