Makronning ko‘z o‘ngida ikki nafar faxriy qorovul hushidan ketib yiqildi (video)

1 daqiqa o'qish2
Makronning ko‘z o‘ngida ikki nafar faxriy qorovul hushidan ketib yiqildi (video)

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Slovakiya prezidenti Peter Pellegrinini rasmiy kutib olish marosimida kutilmagan hodisaga guvoh bo‘ldi. Marosim davomida ikki nafar faxriy qorovul ketma-ket yerga yiqildi. Bu haqda Fransiya OAVlari xabar berdi.

Voqea 11 noyabr kuni Parijdagi Yelisey saroyida yuz bergan. Makron slovakiyalik hamkasbini kutib olishga tayyorlanayotgan paytda safda turgan harbiylardan biri birdan muvozanatini yo‘qotib, qo‘lidagi qilichni pastga tushirdi va yerga quladi. Buni ko‘rgan Makron hamda saroy xodimlari darhol uning yoniga shoshildi. Shundan so‘ng harbiy marosim joyidan olib chiqildi.

Fransiya matbuotining yozishicha, ko‘p o‘tmay, Makron Pellegrini bilan salomlashayotgan vaqtda ikkinchi faxriy qorovul ham yiqilgan. Bu holat kamera tasviriga tushmagan, biroq uning qilichi yerga urilgan ovoz eshitilgan. Makron ham bu hodisaga e’tibor qaratgan.

Shundan keyin rasmiy kutib olish marosimi davom ettirilgan va ikki davlat rahbarlari uchrashuv o‘tkazgan.

Hozircha harbiylarning nima sababdan yiqilgani, shuningdek, ularning sog‘lig‘i haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?