16:00 / 04.08.2021
6 610

Yigitali ikkinchi xotini — chimkentlik Nigina bilan ajrashish sababini ma’lum qildi (video)


Foto: «Daryo»
Yigitali Mamajonov «Daryo» internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Yigitali Mamajonov 2017 yilda chimkentlik Nigina ismli qiz bilan oila qurgan edi. Aktyor suhbat davomida ikkinchi ayoli Nigina bilan ajrashish sabablari haqida gapirib berdi.

- Ikkinchi ayolim bu ham bir sinov bo‘ldi. Inson baxtli bo‘lishga arzimaydimi, uni baxtli qila olaman, deganman. Ikkinchi ayolimning ham birinchi turmushi bo‘lmagan. Birinchi turmushidan bir-ikki yil o‘tib uchrashib qolganmiz. Qandaydir bir jihatlari yoqqanligi uchun, ham erkak kishi so‘qqabosh bo‘lib, bo‘ydoq yurishi yaxshi bo‘lmaganligi uchun unga turmushga chiqishni taklif qilganman. Ozgina birga yashadik.

Ularning tarbiyasi bizning tarbiyamizga to‘g‘ri kelmas ekan. Ularni ham yomonlamayman. Ikkinchi ayolim o‘zimdan to‘rt yosh kichkina edi. U ham hayotida o‘ziga yarasha qiyinchiliklarni, har xil odamlarni ko‘rgan, oilaviy muammolarni bilgan, turli sinovlardan o‘tgan edi.

Mening xarakterim juda og‘ir, aytgan gapimni qildirmasam bo‘lmaydi. Bir narsani undan juda qattiq iltimos qilganman, aytganimni qilmagan, u burchga rozi emasman, o‘zim bilganimni qilaman, degan. Unda mayli, bilganingni qilaver, deganman. Qilmayman, degandan so‘ng uni urib, johillik bilan aytganingizni qildirmaysiz-ku, to‘g‘rimi? Shundan so‘ng u tomonga qarab yo‘l yurilmagan. Demak shunday bo‘lishi kerak ekan, bu ham xatolarimdan biri bo‘lgan, - deydi Yigitali Mamajonov.

Ma’lumot uchun, Yigitali Mamajonovning ikkinchi turmushidan qiz farzandi bo‘lib, u 2018 yilning 17 fevral kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida dunyoga kelgan. Yigitali Mamajonov 2018 yilda aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva bilan qonuniy turmush qurganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yigitali ikkinchi xotini — chimkentlik Nigina bilan ajrashish sababini ma’lum qildi (video)