Muqaddas Sadullayeva to‘rtinchi farzandini kutayotganini ma’lum qildi (video)

Muqaddas Sadullayeva to‘rtinchi farzandini kutayotganini ma’lum qildi (video)

Aktrisa Muqaddas Sadullayeva Instagram sahifasida quvonchli xabar bilan bo‘lishdi. U oilasi bilan tushgan videosini e’lon qilib, yaqin kunlarda xonadoniga yana bir chaqaloq kelishini ma’lum qildi.

Videoda aktrisa turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov va farzandlari bilan oilaviy fotosessiyada ishtirok etgan. Kadrlar orqali oila a’zolarining yangi mehmonni intiqlik bilan kutayotgani, ayniqsa, Yigitali Mamajonov va farzandlarining quvonchi aks etgan. Shuningdek, aktrisa videoda homilasining ultratovush tekshiruvi tasvirini ham ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, Muqaddas Sadullayeva va Yigitali Mamajonovning hozirda ikki qizi va bir o‘g‘li bor. Kutilayotgan chaqaloq ularning to‘rtinchi farzandi bo‘ladi.

Aktrisa video ostida shunday izoh qoldirgan:

“Inshaalloh, oilamizga yangi, to‘rtinchi mehmon keladi. Niyat qilganlarga egizak farzandlar nasib etsin”.

Muxlislar va kuzatuvchilar izohlarda aktrisani quvonchli xabar bilan tabriklab, homiladorlik davrini bexatar o‘tkazishini hamda chaqalog‘ini eson-omon bag‘riga bosishini tilamoqda.

Hozircha oilada kutilayotgan chaqaloqning jinsi ma’lum qilinmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar