Rayhon G‘aniyeva 48 yoshni qarshi oldi

Rayhon G‘aniyeva 48 yoshni qarshi oldi

Bugun, 16 sentyabr kuni O‘zbekistonning taniqli xonandalaridan biri Rayhon G‘aniyeva 48 yoshni qarshi oldi.

Rayhon 1978 yil 16 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U musiqa maktabida fortepiano chalishni o‘rgangan, keyinchalik O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olgan. Xonanda 2000 yilda yakkaxon ijodini boshlagan. 2002 yilda “Baxtli bo‘laman” qo‘shig‘ini taqdim etib, keng ommaga tanilgan.

Rayhon nafaqat xonanda, balki bastakor, aktrisa va rejissyor sifatida ham faoliyat yuritgan. U 2007 yilda “Kechir” filmida bosh rolni ijro etish bilan birga, kartina ssenariysini yozgan va rejissyorlik qilgan.

Xonandaning shaxsiy hayoti ham muxlislar e’tiboridan chetda qolmagan. Rayhon 2012 yilda aktyor Yigitali Mamajonovga turmushga chiqqan. 2014 yilda juftlikning egizak o‘g‘illari — Islom va Imron dunyoga kelgan. 2016 yilda Rayhon va Yigitali ajrashishgan..

Sariq kiyimdagi ayol va ikki bola qo‘llarida uchburchak shakllarni ushlab turibdi.

2016 yilda Rayhon teleboshlovchi va shoumen Farhod Alimov bilan turmush qurgan.

Kostyumdagi erkak va qora kiyimdagi ayol tadbirda birga suratga tushmoqda.

Yillar davomida xonandaning “Bilmagandek”, “Mayli”, “Aldandim”, “Shinanayda yorim”, “Azobdaman”, “Tomchi”, “Dil poralar” kabi qo‘shiqlari muxlislar orasida mashhur bo‘ldi. So‘nggi yillarda ham Rayhon ijodini davom ettirib, yangi taronalar va musiqiy loyihalarini taqdim etib kelmoqda.

Tavallud ayyomi munosabati bilan Rayhon G‘aniyevaga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va ijodiy muvaffaqiyat tilaymiz.

Yorqin makiyajli va to‘g‘ri sochli ayol oq libosda yaqindan tasvirlangan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar