
O‘zbekiston yer osti boyliklari haqida xalqaro matbuotda e’tirofli maqolalar e’lon qilindi. Jumladan, Misrning “Axbarna” va “Misr Al-An” axborot agentliklari, shuningdek, Mining.com portalida Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) va uning mashhur Muruntau koni haqida maqolalar chop etildi.
Dunyodagi eng yirik oltin zaxirasi — O‘zbekistonda
Maqolalarda ta’kidlanishicha, Muruntau koni dunyodagi eng yirik oltin zaxirasiga ega. Taxminlarga ko‘ra, bu yerda 4 500 tonna oltin zaxirasi mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich bilan u jahonda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
2024 yilda Muruntau dunyoda oltin ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan — yil davomida bu yerda 2 million 676 ming 2 unsiya oltin qazib olingan.
Xalqaro miqyosda tan olingan kashfiyot
Muruntau konining ahamiyati nafaqat iqtisodiy, balki geologiya sohasi uchun ham o‘ta katta. Bu haqda so‘z yuritgan xalqaro konchilik mutaxassisi, 2-gidrometallurgiya zavodi direktori Jasur Abdullayevga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmidagi eng yirik geologik kashfiyotlardan biri aynan shu kon bilan bog‘liq bo‘lgan.
“Bu yutuq 2-gidrometallurgiya zavodining qurilishi va ishga tushirilishi bilan mustahkamlandi. Bugungi kunda bu zavod dunyodagi eng katta oltin ishlab chiqaruvchi korxonalar qatoriga kiradi”, — deya ta’kidlaydi mutaxassis.
Integral sanoat klasteri — yangi iqtisodiy muhit
Materialda NKMKning faoliyati nafaqat kon, balki butun sanoat klasterini o‘z ichiga olishini qayd etishadi. Uning tarkibida Muruntau koni, zamonaviy gidrometallurgiya zavodlari, Amudaryodan Zarafshongacha cho‘zilgan suv inshootlari va sanoat shahri mavjud.
Bu loyiha nafaqat strategik ahamiyatga ega, balki O‘zbekiston iqtisodiyotining tayanch ustunlaridan biriga aylanib ulgurgan. Hozirgi paytda Muruntau koni 675 metr chuqurlikka yetib, maydoni 5 kilometrdan oshib ketgan. Faoliyat boshlanganidan beri 2 milliard kub metr ma’danli tosh chiqarilgan va hozirda 1000 metr chuqurlikkacha kengaytirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda konchilik uchun texnika ishlab chiqarish boshlandi
Yana bir muhim yangilik — O‘zbekistonda ilk marta og‘ir konchilik texnikasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu tashabbus Navoiy mashinasozlik zavodi hamda Zarafshon ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish zavodi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Bu qadam O‘zbekistonning dunyodagi konchilik uskunalari sanoatidagi o‘rnini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi va mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Muruntau koni faqatgina O‘zbekistonning emas, balki butun dunyo geologiya va konchilik sohasining yurak nuqtalaridan biriga aylanmoqda. Oltin zaxirasi, zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasi va strategik rejalar tufayli bu loyiha mamlakatning iqtisodiy kelajagini ta’minlovchi asosiy manbalardandir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar