
O‘zbekiston Markaziy banki 11 iyuldan boshlab xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi bir hafta ichida 27,95 so‘mga, 3 986,55 so‘mdan 4014,50 so‘mga ko‘tarildi.
Evroning qiymati qariyb 33,44 so‘mga oshib 4 535,46 so‘mdan 4568,90 so‘mga etdi.
Markaziy bank buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun har haftada valyutalar kursini belgilaydi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar