Terrorizm, tajovuzkor ekstremizmni muayyan bir din bilan bog‘lash zinhor mumkin emas. Bu haqda 16 may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumida Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Sodiq Safoyevning ta’kidlashicha, tadqiqotlarda diniy e’tiqod radikal oqimlarga qo‘shilishning asosiy omili emasligi isbotlangan.
«Xorijiy hamkorlarimiz bilan muloqot uchun tizimli platforma yaratish muhim va bugun o‘z ishini boshlagan forum aynan shu maqsadga qaratilgan. Chunki bugungi kunda bashariyat yuzlashayotgan keskin ziddiyatlarni yechish, birinchi navbatda dunyodagi asosiy muammo – o‘zaro ishonch defitsiti, madaniyat va sivilizatsiyalar o‘rtasida o‘zaro tushinish tanqisligini bartaraf etish bilan bog‘liq.
Shak-shubha yo‘qki, hozirgi zamondagi nizolar, xalqaro terrorizm, ekstremizm va zo‘ravonlikning tubida, eng avvalo, jaholat va adovat, irratsional, oldingi davrlardan meros qolgan, dunyoqarash yotibdi. Ularga qarshi kurash, birinchi navbatda, ma’naviyat, ma’rifat, ta’lim, muloqot evaziga olib borilmog‘i lozim.
Yana va yana takrorlashdan toymasligimiz kerak: terrorizm, tajovuzkor ekstremizmni muayyan bir din bilan bog‘lash zinhor va zinhor mumkin emas. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, diniy e’tiqod radikal oqimlarga qo‘shilishning asosiy omili emas. Dinlar, madaniyatlararo bag‘rikenglik va uyg‘unlikni qaror toptirish, o‘rnashib qolgan stereotiplar va yanglish fikrlarga qarshi kurashish – umumiy vazifamizdir. Aminmanki, ushbu forum aynan shu maqsadga hizmat qiladi», – dedi Senat rasmiysi.
Ma’lumot uchun, forumda AQSH, Angliya, Avstriya, Indoneziya, Nigeriya, Gana va boshqa davlatlardan kelgan taniqli dinshunoslar hamda diniy ulamolar ishtirok etmoqda. Tadbir ishtirokchilari ko‘pmillatli jamiyatda konfessiyalararo muloqotni ta’minlash bo‘yicha tajriba almashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi