Tez orada O‘zbekiston poytaxtida N. I. Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (RNIMU) filiali ochiladi. Bu haqida Rossiya universiteti vakillari Sputnik muxbiriga ma’lum qilishdi.
"Hozirda universitetning Toshkent shahridagi filiali litsenziyalash jarayonidan o‘tmoqda. Litsenziya olishimiz bilanoq biz talabalarni qabul qilishni boshlaymiz", dedi universitetning qabul komissiyasi xodimi Anton Yeliseyev "Ta’lim va kasb 2022" ko‘rgazmasi doirasida.
Yeliseyevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda o‘zbeklar orasida eng ommabop tibbiyot yo‘nalishlari bu - umumiy tibbiyot, stomatologiya va pediatriyadir.
Eslatib o‘tamiz, bir yil oldin Rossiya va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirliklari Toshkentda Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti filialini tashkil etish bo‘yicha kelishib olgan edi.
N. Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti shifokorlar, farmatsevtlar va klinik psixologlar tayyorlanadigan milliy ilmiy tadqiqot markazidir.
O‘zbekiston Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari soni bo‘yicha yetakchi respublikalardan biridir. Bugungi kunda O‘zbekistonda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnika universiteti, Gertsen nomidagi davlat pedagogika universiteti, VGIK, MISiS, MIFI va MGIMO filiallari ishlamoqda.
Shuningdek, yil boshida Rossiya ta’lim muassasalaridan 44 nafar mutaxassis Toshkentga kelib, Rossiyada oliy ta’lim olishni xohlovchilar bilan suhbat o‘tkazdi.
Shu bilan birga, Rossiya tomonidan o‘zbekistonlik talabalar uchun ajratilayotgan budjet o‘rinlari soni yildan yilga ortib bormoqda: 2020 yilda Rossiya oliy o‘quv yurtlari 228 ta, 2021 yilda esa 430 ta o‘rin ajratgan, yangi o‘quv yilida esa bu ko‘rsatkich deyarli ikki baravar ko‘payadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar