16:53 / 23.08.2022
2 386

Andijondagi tuman hokimi Amir Olimxon, Asadbek va Sulton Sulaymonga qiyoslanmoqda

Andijondagi tuman hokimi Amir Olimxon, Asadbek va Sulton Sulaymonga qiyoslanmoqda
Foto: Andijon tumani hokimligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyevning 20 avgust kuni hokimlik binosi hovlisida fuqarolar uchun bo‘lib o‘tgan sayyor qabuli keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Tarmoq foydalanuvchilarining ayrimlari izohlarda hokimni Amir Olimxon deb atagan bo‘lsa, aksariyati «Shaytanat» filmidagi Asadbekka qiyoslaganini ko‘rish mumkin. Yana bir foydalanuvchi esa suratga «Sulton Sulaymon taxtda», deya ta’rif bergan. Boshqasi hokimining fuqarolarga bepisand munosabatda bo‘layotganligini feodolizmning bir turi deb atagan.

Foto: Andijon tumani hokimligi
Tuman hokimligi axborot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, hokimning bu tartibdagi sayyor qabuli haftaning har shanba kuni bo‘lib o‘tishini bildirgan.

Foto: Andijon tumani hokimligi
«Fotolavhalardan biridagi fuqaro qo‘shni tumanda yashovchi S.Qodirov bo‘lib, tuman hokimiga minnatdorlik bildirish uchun kelgan. Sababi ushbu fuqaroga takroriy ekin ekish uchun Cho‘lpon massivi «Shokirjon» fermer xo‘jaligidan belgilangan tartibda ekin yeri ajratib berilgan. Mazkur yerdan unumli foydalangan fuqaro tuman hokimi sayyor qabuliga kelib, amalga oshirilayotgan islohotlardan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga berilayotgan imkoniyatlardan minnatdor ekanligini aytgan.

Foto: Andijon tumani hokimligi
Tuman hokimligi matbuot xizmati xodimlari ushbu fuqaro bilan muloqot qilganda u tuman hokimidan minnatdor ekanligini va yaxshi munosabatda bo‘lganini bildirdi. Tuman hokimi ijtimoiy masofa saqlagani yuzasidan esa hech qanday e’tirozi yo‘qligini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, Andijon tumanida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha sayyor qabullari haftaning har shanba kuni tuman hokimligining ochiq hududida fuqarolar bilan ijtimoiy masofa saqlangan holatda bo‘lib o‘tadi», — deyiladi hokimlik munosabatida.

Foto: Andijon tumani hokimligi
«Daryo» manbalarining ma’lum qilishicha, 2021 yilning fevralidan buyon ushbu tumanga hokimlik qilib kelayotgan Abdujabbor Egamberdiyev qabulga kelgan fuqarolarni aynan shu ayvonning tashqarisida o‘tirgan holda qabul qilib kelgan.

Foto: Andijon tumani hokimligi
Hokimlikning telegram kanaliga tayanilsa, hokim ilk marotaba 2021 yilning 24 aprel kuni fuqarolar bilan oraliq masofani saqlagan holda qabul o‘tkazgan. Unda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Maqusdov bilan birga o‘tirganini ko‘rish mumkin. Bunday holatlar 2021 yilning 29 may, 26 iyun, 3- va 31 iyuldagi, 2022 yilning 23 iyul, 30 iyul, 6-,13-, 20 avgustdagi hokim qabullarida ham kuzatilgan.

Foto: Andijon tumani hokimligi
Abdujabbor Egamberdiyev Andijon tumani hokimi etib tayinlanguniga qadar 2013 yildan buyon Andijon viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi tuman hokimi Amir Olimxon, Asadbek va Sulton Sulaymonga qiyoslanmoqda