Cobalt'dan tushib ketganmi yoki boshqa gap bormi? 24 yoshli yigit o‘limi savol uyg‘otdi

2 daqiqa o'qish1.8K
Cobalt'dan tushib ketganmi yoki boshqa gap bormi? 24 yoshli yigit o‘limi savol uyg‘otdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida yashovchi 24 yoshli Asadbek Bo‘riboyev Sirdaryo viloyatida harakatlanayotgan avtomashinadan o‘zini tashlab yuborishi oqibatida halok bo‘ldi.
  • Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yigit olgan og‘ir tan jarohatlari sabab shifokorlarning yordamiga qaramasdan vafot etgan va dastlabki sud-tibbiy ekspertiza ham buni tasdiqlagan.

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida yashovchi 24 yoshli Asadbek Bo‘riboyevning Sirdaryo viloyatida halok bo‘lishi jamoatchilik orasida keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarda u harakatlanayotgan avtomashinadan o‘zini tashlab yuborgani aytilsa, marhumning yaqinlari bu voqeaga boshqacha nuqtayi nazardan qaramoqda.

Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Asadbek 29 iyun kuni Toshkentdan uyiga qaytayotgan vaqtda oila a’zolariga qo‘ng‘iroq qilib, Sirdaryo tumanidagi qarindoshinikida tunab qolishini aytgan. Oradan ko‘p o‘tmay, yarim tun atrofida uning og‘ir ahvolda ekani haqida xabar kelgan.

Marhumning amakisi Asqar Sharipovning ta’kidlashicha, shifoxonaga yetib borishganida yigitning bo‘yni singan bo‘lgan va u tongga yaqin vafot etgan. Uning aytishicha, voqea joyida bo‘lganlar Asadbek mast holda harakatlanayotgan Cobalt avtomashinasidan tushmoqchi bo‘lib, yiqilib ketganini bildirgan.

Biroq marhumning yaqinlari bu izohga shubha bilan qaramoqda. Ularning fikricha, jasaddagi ayrim jarohatlar oddiy yiqilish oqibatiga o‘xshamaydi.

«Yuzi deyarli shikastlanmagan, ammo ikki qo‘li va bel qismida ko‘karishlar bor edi. Bu holat bizda turli gumonlarni uyg‘otdi», — deydi marhumning amakisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea ishtirokchilari bergan ko‘rsatmalar ham bir-biriga mos kelmaydi. Ayrimlar Asadbek Cobaltdan tushib ketganini aytgan bo‘lsa, boshqalar uni shifoxonaga Damas avtomashinasida olib borishganini bildirgan. Shuningdek, jasadning yuvilib, oq choyshabga o‘ralgan holda olib kelingani ham qarindoshlarda qator savollarni tug‘dirgan.

Marhumning yaqinlari voqea yuzasidan xolis va atroflicha tekshiruv o‘tkazilishini so‘rab, uning kiyimlari va shaxsiy buyumlarini ham huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirganini ma’lum qildi.

Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqida xabar 30 iyun kuni Sirdaryo tuman IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga asosan, avtomashinada old o‘rindiqda ketayotgan Asadbek Bo‘riboyev bir necha marta haydovchidan transport vositasini to‘xtatishni so‘ragan. Biroq avtomashina to‘xtamaganidan so‘ng, u harakatlanayotgan transportdan o‘zini tashlab yuborgani qayd etilgan.

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, yigit olgan og‘ir tan jarohatlari sabab shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasida ham o‘lim sababi harakatlanayotgan avtomashinadan tushib ketish natijasida yetkazilgan jarohatlar ekani qayd etilgan.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan Sirdaryo tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Tergov yakuni voqeaning barcha jihatlariga huquqiy baho berilishiga oydinlik kiritishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?