Andijonda hokim qabuliga kelgan yoshlarga baxila kiydirilgani sababi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat1 daqiqa o'qish1
Andijonda hokim qabuliga kelgan yoshlarga baxila kiydirilgani sababi ma’lum bo‘ldi

Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida hokim Sanobar Nosirova bilan uchrashuvga kelgan yoshlarga oyoq kiyimi ustidan baxila kiyish taklif etilgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat aks etgan suratlar tarqalgach, tuman hokimligi bunga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, suratlar 26 noyabr kuni «Payshanba — yoshlar kuni» doirasida tashkil etilgan uchrashuv vaqtida olingan. Unda yoshlarning murojaatlari, ish bilan ta’minlash, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Tuman hokimligi matbuot xizmatining bildirishicha, ayni paytda ma’muriy binoda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli bino ichida va majlislar zalida tozalikni saqlash, tashqaridan chang hamda qurilish qoldiqlari kirishining oldini olish maqsadida tashrif buyuruvchilarga vaqtinchalik chora sifatida baxila taqdim etilgan.

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichda bo‘lib, yaqin kunlarda to‘liq tugatilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi ta’minlanishi bildirilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?