Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i R.T.Xalmuratov tomonidan olis hududlarda joylashgan tumanlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Shunday qabullardan biri joriy yilning 5 sentyabr kuni Bo‘zatov tumani Xalq qabulxonasi binosida bo‘lib o‘tdi. Unda 17 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, shundan 6 tasi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar alohida nazoratga olinib, qonuniy hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Masalan, qabulda fuqaro A.B.ning 100 mln. so‘m pullarini qaytarish haqidagi sud qarori ijrosini ta’minlab berishni so‘ragan murojaati, shu kunning o‘zida ijobiy hal qilindi.

Hozirgi kunda boshqarma boshlig‘ining sayyor qabullari tasdiqlangan reja-grafik asosida davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar