Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari
“O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasi yil boshidan buyon ikki marta temiryo‘l chiptalari narxini oshirdi. Kun.uz tabiiy monopoliya subyekti hisoblanuvchi bu kompaniya nima sababdan qisqa vaqt ichida narxlarni ikki marta oshirgani va shunga qaramay sifatda deyarli o‘zgarish bo‘lmagani borasida Raqobat qo‘mitasining pozitsiyasini so‘radi.
Qo‘mitaning tabiiy monopoliyani tartibga solish bo‘limi bosh mutaxassisi Ixlos Rohatovning aytishicha, tezyurar poyezd chipta narxlari oshishi prezident qarori yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinishi bilan bog‘liq.
“329-sonli prezident qarori bilan transformatsiya jarayonlari amalga oshirildi. “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ ma’lum bir sohalarga bo‘lindi. Ya’ni “Temiryo‘l infratuzilma”, “O‘ztemiryo‘l yo‘lovchi” AJ kabi bir nechta tashkilotlarga bo‘lindi. Bu jarayonda yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlar [chiptalari uchun narx belgilash] davlat nazoratidan chiqarilgan. Bu xizmatlar tabiiy monopoliya subyekti hisoblanmaydi va shu soxada nazorat qilinmaydi, ular erkin bozor ishtirokchisi sifatida faoliyat yurita boshladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yildagi 54-sonli qarori bor, unda aytilganki, narxlarni tartibga solish, shakllantirish bo‘yicha alohida normativ huquqiy hujjatlar bor. O‘sha hujjatlar bo‘yicha faoliyatini ko‘rsatadi”, – dedi u.
Qo‘mita mas’ulining aytishicha, so‘nggi yillarda olib kelingan poyezdlar kredit hisobiga sotib olingani bois, bu summalarni qoplash kompaniya zimmasiga tushgan.
“Xabaringiz bor, so‘nggi 7 yilda temiryo‘l sohasida ham katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Yangi poyezdlar kirib keldi, bu yangi tezyurar poyezdlar hammasi kreditga olingan. Juda katta summada investitsiya kiritilgan. Shu summalardan kelib chiqib yangi narxlarni belgilagan bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik subyekti alohida subyekt bo‘ldi. Vagonlar, tegishli infratuzilma, hammasi ularning balansiga berilgan. Uning summalarini qaytarish ham jamiyatning zimmasida. Aynan o‘sha subyektlarga davlat subsidiya berishi bekor qilindi. Endi o‘sha sohalarda xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z narxlarini o‘zi tartibga solishi belgilandi. Davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatildi. O‘zini o‘zi xarajatlarini qoplash maqsadida”, – dedi Ixlos Rohatov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xo‘jalik yurituvchi subyekt iste’molchilarga ko‘rsatayotgan xizmatlar sifatsiz bo‘lsa, iste’molchilarni kamsitishga olib kelsa, murojaatlarga asosan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobat to‘g‘risidagi qonunlar bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan Raqobat qo‘mitasi o‘rganish olib boradi.
Shu bilan birga, Raqobat qo‘mitasi narxlar masalasini qo‘shimcha o‘rganayotgani ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi